Matbuot sharhlari 05.08.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1685886
Matbuot sharhlari 05.08.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Yevroittifoqqa Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bo’yicha e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Jenevada bo’lib turgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar jasur harakat qilganligini bildirib, “Taklifimizni tegishli vakillarga yetkazdi. Ikki teng huquqli davlat. Bundan boshqa yo’l yo’q. Biz yana 50 yil kuta olmaymiz”,-dedi. Nima qilish kerak bo'lsa, hozir qilish kerak”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Fahriddin Altundan AQShga keskin javob” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti ma’muriyatining kommunikatsiyalar bo’yicha departamenti rahbari Fahriddin Altun AQSh hukumatining afg’onlar migratsiya bo’yicha Turkiya orqali AQShga murojaat qilishi haqidagi bayonotiga e’tiroz bildirib, “Turkiya hech kimning kutib turadigan joyi emas va hech qachon bo’lmaydi ham”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “10 davlat bilan TB2 dronlari bo’yicha shartnoma tuzish arafasidamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi yetakchisi Selchuk Bayraktar hozirda 4 mamlakatga eksport qilingan “Bayraktar TB2” dronlari bo’yicha yana 10 davlat bilan shartnoma tuzish arafasida ekanligini ma’lum qildi.

 

Sabah gazetasi: “Ukrainadan “Bayraktar TB2”ga maqtov” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ukraina davlat tadqiqot instituti Turkiyaning “Bayraktar TB2” dronlarining elektron urush sharoitlariga chidamliligini sinovdan o’tkazdi va buning natijalarini butun dunyoga e’lon qildi.

“Bayraktar TB2 turli zamonaviy elektron urush to'siqlari ta'sirida sinovdan o'tkazildi. Shunga ko'ra, elektron urush vositalari qo’llanilgan zamonaviy urush sharoitida TB2 ning jangovar qobiliyati a'lo darajada”,-deyiladi Ukraina davlat tadqiqot instituti bayonotida.

 

Xabar turk gazetasi: “Mujavhar eksporti 7 oyda 48.5 foiz oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning  mujavhar eksporti joriy yilning 7 oyi davomida o’tgan yilning mos davriga nisbatan 48.5 foiz ortish bilan 2 mlrd 916 mln 544 ming dollarni tashkil qildi. Turkiyadan mujavhar eksport qilingan davlatlar ro’yxatida AQSh yetakchi o’rinda. AQSH joriy yilda Turkiyadan 454.1 mln dollar qiymatida mujavhar import qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar