Matbuot sharhlari 24.05.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1644671
Matbuot sharhlari 24.05.2021

Vatan gazetasi: Minglab Twitter foydalanuvchisi #ErdoğanlaBirlikteyiz xeshtegi orqali fikr qoldirdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an uchun boshlatilgan va Twitter tarmog‘ida #ErdoğanlaBirlikteyiz xeshtegi orqali bo‘lishilgan postlar, minglab kishining qo‘llab - quvvatlashi bilan tarmoqning eng asosiy kun tartibidan joy oldi. Prezident Erdo‘g‘anni qo‘llab - quvvatlaganlar orasida deputatlar va nodavlat notijorat tashkilot rahbarlari ham ishtirok etar ekan shu doirada bugungacha bo‘lishilgan twitter soni 250 mingdan oshdi.    

Sabah gazetasi: Mahalliy vaksinada antikor haqida suyunchli xabar. Kayserida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19)ga qarshi ishlab chiqarilayotgan vaksinaning Sog‘likni saqlash vazirligiga topshirilgan faz -2 hisobotida, 250 nafar o‘z ixtiyori bilan ishtirok etgan kishilar ustida olib borilgan faoliyatlar natijasida ishtirokchilarning hammasida antikor paydo bo‘lgani qayd etildi. Inaktiv bo‘lgan birinchi mahalliy vaksinada jarayonlar muvaffaqiyatli ravishda tamomlangudek bo‘lsa unda vaksinaning sentabr oyida tezlik bilan foydalanishga topshirilishi mumkin.

Star gazetasi: Rus sayyohlar Turkiya kelmoqchi. Rus sayyohlar chet elda eng ko‘p bormoqchi bo‘lgan davlatlardan Turkiya bilan havo qatnovlarining yoz mavsumidan oldin takror boshlatilishini talab qilmoqda. Turkiyani judayam yaxshi ko‘rishlarini ifoda etgan rus sayyohlar, amaldagi Covid - 19 cheklovlarining tezlik bilan bekor qilinishidan umidvor. Ular Turkiyani iqlimi, ko‘ngilochar joylari va uyg‘un narxdagi bozori jihatidan  maqul o‘lka sifatida qabul qilmoqda.

Yeni Şafak gazetasi: Beshiktash chempionlar ligasida. Bundan buyon Superliga chempioni “Beshiktash”ning chempionlar ligasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishtirok etolmaslik xavfi yo‘q. Jamoa, Britaniyaning Premier ligasida Chelsining musobaqani birinchi to‘rt qatorda tamomlashi yuzasidan Oliy liga guruh bosqichida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishtirok etish haqqini qo‘lga kiritdi.  

Haber Türk gazetasi: Fransiyada Lille jamasoi turklar orqali chempion boldi. Fransiya Oliy ligasining oxirgi haftasida Anje klubini 2 - 1 hisobiga mag‘lub qilgan Lille jamoasi, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Lillening ikkinchi golini “Qirol” degan taxallusdagi turk futbolchi Burak Yilmaz urdi. Jamoa tarkibida 4 nafar turk futbolchisi bor Lille, o‘z tarixida shu bilan to‘rtinchi marotaba chempionlikka erishdi. Burak Yilmaz sohaga Turk bayrog‘i bilan chiqdi. Jami 16 gol bilan chempionlikda katta iz qoldirgan Burak Yilmazning nomi Fransiya ko‘chalarida yangradi.



Aloqador xabarlar