Matbuot sharhlari 21.05.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1642974
Matbuot sharhlari 21.05.2021

 

Hurriyat gazetasi: “Chavusho’g’lining BMT Bosh Assambleyasidagi ma’ruzasi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha 20-may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida ishtirok etdi. U o’z ma’ruzasida Isroilning Falastin tuproqlarini ishg’ol qilishiga chek qo’yish uchun xalqaro hamjamiyat safarbar etilishi zarurligini ta’kidladi.

Mavlud Chavusho’g’li BMT xavfsizlik kengashi zimmasidagi mas’uliyatni bajarmaganligini bildirib, “Adolatsizlikka ko’z yumish, jinoyatga sherik bo’lish demakdir”,-dedi.

 

Sabah gazetasi: “Vazir Sulaymon So’yludan muhim bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu Turkiya terrorizmga qarshi kurashda butun dunyoga o’rnak bo’lganligini ma’lum qildi.

“Barcha terroristik tashkilotlarni qisuvga oldik. Ayniqsa, oxirgi damlarda terror tashkilotlari yetakchilarini yo’q qildik. Marraga erishishimizga oz qoldi”,-dedi  Sulaymon So’ylu.

 

Xabar turk gazetasi: “Fahriddin Ko’ja va professor Ug’ur Shahinning bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja kecha BioNTech kompaniyasidan 120 mln doza vaksiya olish to’g’risida shartnoma imzolanganligini ma’lum qildi. Fahriddin Ko’ja BioNTech kompaniyasi rahbari professor Ug’ur Shahin bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o’tkazdi.

“120 mln doza vaksina bo’yicha shartnomaga imzo chekdik. Iyun oyining oxiriga qadar 30 mln dozani yetkazib beramiz. Iyul-avgust va sentyabr oyigacha 120 mln doza vaksinaning barchasini yetkazib bergan bo’lamiz. Buni barchamiz birgalikda uddalaymiz”,-deb aytgan BioNTech rahbari Ug’ur Shahin.

 

 Yeni shafak gazetasi: “Turkiya 519ta moviy bayroqli plyajlari bilan dunyoda uchinchi o’rinni egalladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Atrof-muhit va obodonlashtirish vaziri Murat Kurum Turkiya joriy yilda 519ta moviy bayroqli plyaji bilan dunyoda uchinchi o’rinni egallaganligini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda barcha mehnatimizning samarasini olib turibmiz. Bundan faxrlansak arziydi. 2023 yilga kelib dunyoda birinchi o’ringa chiqishni ko’zlayabmiz”,-dedi Murat Kurum.

 

Star gazetasi: “Burak Yilmaz yana faxrlantirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Fransiya Ligue-1da “Lille” futbol kulubida to’p surgan turk milliy futbolchi Burak Yilmaz ustun muvaffaqiyati bilan ligada “oyning futbolchisi” deb topildi. Yilmaz dekabr va aprel oyida ham “oyning eng yaxshi futbolchisi” deb topilgandi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar