Matbuot sharhlari 03.05.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1632608
Matbuot sharhlari 03.05.2021

 

Xabar turk gazetasi: “Vazir Hulusi Akar va qo’mondonlar Iroq chegarasida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha, 2 may kuni harbiy shtab rahbari general Yashar Guler va Quruqlik kuchlari qo’mondoni general Dundar hamrohligida Iroq shimolidagi harbiy bazaga tashrif buyurdi.

““Panja-Uchqun” va “Panja-Chaqmoq” nomli harbiy amaliyotlar muvaffaqiyatli davom etmoqda. Jangarilarning inigacha kirdik. Terrorizmni tubdan yo’q qilish bo’yicha mustahkam irodaga egamiz va qat’iymiz. Yaqinda bu yerda tinchlik va barqarorlik o’rnatamiz”,-dedi Hulusi Akar.

 

Hurriyat gazetasi: “Milliy mudofaa vazirligi e’lon qildi: Atak vertolyot bilan yo’q qilindi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi kecha, 2 may kuni “Panja-Chaqmoq” harbiy amaliyoti olib borilayotgan hududda aniqlangan ikkita jangari Atak vertolyoti vositasida yo’q qilinganligini ma’lum qildi. Harbiy amaliyot doirasidagi janglarda shu kungacha yo’q qilingan jangarilar soni 46 nafarga yetdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turk harbiy kemasi TCG Gaziantep Liviyada 123 muhojirni o’limdan saqlab qoldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Liviya dengiz sohilida yordam chaqirgan 123 nafar muhojir Turkiya qurolli kuchlariga oid harbiy kema ekipajining tashabbusi va Liviya sohil xavfsizlik xodimlarining yordami bilan qutqarildi.

 

Sabah gazetasi: “Ukrainalik sayyohlarning pandemiya davrida dam olish maskani yana Turkiya bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning turistik zonasi Mug’lada pandemiya sharoitiga mos ravishda chora-tadbirlar olingan holda xizmat berishni boshlagan turistik muassasalar ukrainalik sayyohlarga mezbonlik qilmoqda. Mug’laga kelgan 350 nafar sayyoh taxminan ikki haftalik ta’tilini Fethiye va Marmarisdagi mehmonxonalarda o’tkazadi.

 

Star gazetasi: “Lissabonda milliy karatechilar 9ta medalni qo’lga kiritdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning karate bo’yicha milliy jamoasi Portugaliya poytaxti Lissabonda o’tkazilgan karate bo’yicha 1-Premier ligasining navbatdagi bosqichini 3ta oltin va 6ta bronza medal bilan yakunladi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar