Matbuot sharhlari 13.04.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1619981
Matbuot sharhlari 13.04.2021

 

Yeni shafak gazetasi: “Liviyaga yordamimiz davom etadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya va Liviya o’rtasida kelishuvlarni imzolash marosimidan so’ng, Liviya bosh vaziri Abdulhamid Dibeyda bilan qo’shma matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Erdo’g’an Turkiyaning Liviyaga yordami davom etishini ta’kidlab, “Turkiya bilan Liviya o’rtasida dengiz shelfi bo’yicha imzolangan anglashuv memorandumi ikki mamlakat manfaatlariga to’liq xizmat qiladi va davlatlar istiqbolini kafolat ostiga oladi”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: “Misrning Turkiya haqida bayonoti” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukru Misr Turkiya bilan ikki tomon ham manfaatdor bo’ladigan konstruktiv muloqot va xalqaro huquq meyorlariga mos ravishda aloqalar o’rnatishga xayrixohligini bildirdi.

 

Sabah gazetasi: “Dunyoning eng kuchli qurolli kuchlari ma’lum bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, har yili dunyodagi eng kuchli qurolli kuchlar ro’yxatini tuzgan Global Firepower agentligi joriy 2021 yilning eng kuchli qurolli kuchlari ro’yxatini e’lon qildi. Oxirgi yillarda uchuvchisiz havo vositalari va qurolli dronlari bilan butun dunyoning diqqat markazida bo’lgan Turkiya qurolli kuchlari bu yil ushbu ro’yxatda 11-o’rinni egalladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Hurjet texnik sozlashga tayyorlanmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk aviatsiya va kosmos agentligi (TUSAŞ) “Hurjet” nomli mahalliy harbiy mashg’ulot samolyotlari uchun texnik ehtiyotkor qismlarni ishlab chiqarishga kirishdi. Joriy yil oxirida samolyotni texnik sozlash faoliyatlari boshlanadi.

 

Star gazetasi: “THY Yevropa bo’yicha yetakchilikni qo’ldan boy bermayotir” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra,  EUROCONTROL tashkiloti 4-11 aprel kunlaridagi parvozlar bo’yicha hisobotiga ko’ra, Turk Havo Yo’llari kunlik o’rtacha 779 ta parvozni amalga oshirib, yevropalik raqiblarini ortda qoldirdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar