Matbuot sharhlari 05.03.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1595832
Matbuot sharhlari 05.03.2021

Sabah gazetasi: Bitlisdan qayguli xabar keldi. Milliy Mudofaa vazirligi kecha Bingo‘ldan Tatvanga qarab yo‘l olgan Quriqlik kuchlariga oid Cougar rusumidagi vertolyotning halokatga uchragani haqida ma’lumot tarqatdi. Vertolyotdagi 11 askar shahid bo‘ldi, 2 askar esa tan jarohati oldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an voqea haqida Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akardan ma’lumot oldi. Erdo‘g‘an, shahidlarga Olloxdan rahmat, oilalari va Turk Qurolli kuchlariga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olgan askarlarga shifo tiladi.

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdogandan bayonotlar. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Iqtisodiy hamkorlik yig‘ilishi 14 - liderlar sammitida so‘zlagan nutqida, global falokatga aylangan yangi turdagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning kuchli hamjihatlik orqaligina yengib o‘tilishi mumkinligini qayd etdi. Erdo‘g‘an shuningdek, Eronga kiritilgan bir tomonli sanksiyalarning to‘xtatilishining, mintaqa farovonligiga ijobiy hissa qo‘shishini ifoda etdi.

Star gazetasi: Changni milliy zirhga aylantirmoqdalar. Turkiya sanoqli davlatlar qatoriga kirdi. Turk Mudofaa sanoati shirkati Nurol Teknoloji, changni milliy zirhga aylantirmoqda. Ishlab chiqarilgan bor karbidli keramikalar yordamida Turkiya o‘z nomini shu tarmoqda dunyodagi sanoqli davlatlar qatoriga qayd ettirdi. Texnik keramikalar, kompozit matolar bilan foydalanilgan holda yana - da yuqori himoya qilish saviyalariga ega yengil zirh tuzilishlarini qo‘lga qiritish kuchiga ega.   

Hürriyet gazetasi: Dam olish uchun tanlagan makonlari ozgarmadi. Cheklovlar bekor qilindi, Turkiyaga bo‘lgan talab ortdi. Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi Turkiyada Covid - 19 pandemiyasiga qarshi yo‘lga qo‘yilgan cheklovlarning bekor qilinishi bilan rus fuqarolarning dam olish uchun takror Turkiyani tanlaganliklarini bildirdi. Avvalroq ingilizlarning ham bu yil dam olish uchun eng ko‘p tanlagan davlatlardan biri Turkiya ekani ma’lum qilingandi.  

Vatan gazetasi: Anadolu Efesni maglub qilish imkonsiz holga aylandi. Basketbol THY Yevropa ligasi 27 - haftasida Anado‘lu Efes, o‘z sohasida Ispaniya jamoasi Valencia Basketni 99 - 83 hisobiga mag‘lub qildi. Bu natija orqali Anado‘lu Efes, musobaqadagi 16 - g‘olibiyatini qo‘lga kiritdi. Valencia esa 13 - mag‘lubiyatini qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar