Matbuot sharhlari 12.02.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1582317
Matbuot sharhlari 12.02.2021

Star gazetasi: Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Covid - 19 ga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini oldi. Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqda mavzu haqida qoldirgan postida: “Covid - 19 ga qarshi vaksinaning ikkinchi dozasini oldim. Xudo xohlasa eng qisqa vaqtda yurttoshlarimizning hammasini emlash niyatidamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Tashqi Ishlar vazirligidan AQShga qattiq e’tiroz. Tashqi Ishlar vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlarining nazorat ostida ushlab turilgan O‘sman Kavalaning ozod etilishi kerakligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Vazirlik bu borada: “Dunyoning hech qaysi davlati yoki hech kim turk sudiga sud jarayoni ustidan buyruq berolmaydi”. - dedi.

Hürriyet gazetasi: Fuat Oktay: “Kipr muammosi ikki davlat ustidan hal qilinadi”. Turkiya bilan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o‘rtasidagi “2021 moliyaviy protokol”ning dastlabki nazorat uchrashuvi uchun Nikosiyaga jo‘nab ketgan vitse - prezident Fuat O‘ktay, Kipr muammosining ikki mamlakat ustidan hal qilinishida qarorli ekanliklarini bildirdi.  

Haber Türk gazetasi: Bu yil uchunchi FSRU ta’sisi xizmatga tushadi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, tabiiy gazda ta’minot xavfsizligini yo‘lga qo‘yish uchun muhim qadam tashlaganliklarini eslatib o‘tgan holda, “Ikki dona FSRUni xizmatga tushirdik. Mavjud LNG terminallarimiz hajmini deyarli ikki barobarga chiqardik. Shuningdek, uchinchi FSRU ta’sisi ham bu yil davomida faoliyatga tushadi va tabiiy gaz infratuzilmamizga yana - da ko‘proq moslashuvchanlik beradi”. - dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Fransiya ommaviy axborot vositasi tekinga taom tarqatgan Turk fuqarosi haqida gapiryapdi. Fransiyaning Reyms shahrida L’Istanbul deb nomlangan kabopchida ishlagan Turk fuqarosi Mavzer Tashdelen, ma’lum kun va soatlarda yuzlab o‘quvchiga tekinga doner tarqatmoqda. Sog‘likni saqlash inqirozidan ziyon ko‘rgan o‘quvchilarga yordam berish maqsadida shunday ishga borganliklarini ifoda etgan Tashdelenning bu xizmati, bir necha fransuz ommaviy axborot vositasida keng ko‘lamli o‘rin oldi.



Aloqador xabarlar