Matbuot sharhlari 09.02.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1579763
Matbuot sharhlari 09.02.2021

 

Vatan gazetasi: “Prezident Erdo’g’an Merkel bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya kanstleri Angela Merkel bilan videokonferensiya shaklida muloqot qildi.

Erdo’g’an Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarini samarali davom ettirish tarafdori ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, mart oyida o’tkazilishi rejalangan sammitga tayyorgarlik doirasida muzokaralar o’tkazilishidan umidvorligini tilga oldi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Nemis matbuotidan Turkiyaga maqtov” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, koronavirusga qarshi o’limlar sonida rekord darajada ortish kuzatilgan Germaniyada vaziyat kundan kunga yomonlashib bormoqda. Turkiyada esa, kamchiliksiz, rejaga asosan davom etayotgan koronavirusga qarshi emlash jarayoni nemis matbuotida keng yoritildi. Nemis matbuotida “Turkiyada Germaniyadakidan yana ham ko’proq kishi koronavirusga qarshi emlandi, emlash jarayonida muammodan asar yo’q”,-deb yozildi.

 

Star gazetasi: “Turkiya - Yevropaning xavfsizlik kafolati” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Sijyarto rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

“Turkiya bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz. Migratsiya bo’yicha Yevropaning kafolati Turkiya hisoblanadi. Shuningdek, Markaziy Yevropaning energiya xavfsizligiga salmoqli hissa qo’shmoqda”,-deb aytgan Piter Sijyarto.

 

Sabah gazetasi: “Rus sayyohlar fevral oyida yoz zavqini chiqardi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Antaliyaning Demre tumanida rus sayyohlar fevral oyida tabiat va dengizning zavqini chiqardilar.  O’rta yer dengizining moviy suvlarida suzish bahtiga muyassar bo’ldilar.

 

Hurriyat gazetasi: “Aeroportlarda yanvar oyida 5.2 mln yo’lovchiga xizmat berildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya miqyosidagi barcha aeroportlarda joriy yilning yanvar oyida 5 mln 227 ming 452 yo’lovchiga xizmat berildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar