Matbuot sharhlari 01.02.2021

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1574837
Matbuot sharhlari 01.02.2021

 

Sabah gazetasi: “F-16lar modernizatsiya qilinadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turk havo kuchlarining eng asosiy jangovor texnologiyalaridan biri bo’lgan F-16 harbiy samolyotlarini modernizatsiya qilish bo’yicha faoliyatlar boshlandi. Bu haqda Prezident huzuridagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir bayonot berdi.

“Muhandislar har bir samolyotning 1200-1500ta ehtiyotkor qismini yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha texnik faoliyatlarni olib bormoqda. F-16 harbiy samolyotlarimizni mustahkamlash va tarkibiy umrini 8 ming soatdan 12 ming soatga chiqarishni ko’zda tutyabmiz”,-deb aytgan Ismoil Demir.

 

Star gazetasi: “AQSh Quruqlik kuchlari jurnali Otaturkni maqtadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, AQSh Quruqlik kuchlariga oid “Military Review” jurnali Turkiyaga asos solgan Mustafo Kamol Otaturkning harbiy yetakchilik qobiliyatini e’tirof etdi. Maqolada Otaturkning Chanoqqal’a urushidagi ustun liderligiga diqqat qaratildi. U urushning strategik nuqtalarida to’g’ri qarorlar bergani haqida yozildi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya sayyohlar ishonchini oqlamoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Jahon turizm forumi instituti bosh kotibi Talep Refai Turkiyaning koronavirus pandemiyasi sharoitida turizm sohasida olgan qator chora-tadbirlarini yuqori baholadi.

“Turkiya mahalliy va xorijiy sayyohlarning xavfsizligini kafolatladi. Bunga bo’lgan ishonch davom etgan taqdirda, 2021 yil o’tgan yildan yana ham yaxshiroq o’tishiga ishonchim komil”,-dedi Jahon turizm forumi instituti bosh kotibi Talep Refai.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiya avtomobil bozori 25ta Yevropa davlatini ortda qoldirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, 2020 yil oxirida Turkiya avtomobil eksporti bo’yicha Yevropa mamlakatlari orasida 6-o’rinni egalladi. Savdo avtomobillarini sotish bo’yicha 4-o’rindan joy oldi. Turkiya 2020 yili Yevropa miqyosida avtomobil eksport hajmini oshirgan yagona davlat bo’ldi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Qurutilgan meva mahsulotlari eksporti pandemiyaga qaramay oshdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya 2020 yilda ham pandemiyaga qaramay, qurutilgan meva mahsulotlari eksportidagi o’sish sur’atini saqlab qoldi. Aynimaydigan, uzoq muddat saqlanadigan, organizm uchun foydali bo’lgan qurutilgan meva mahsulotlariga talab ortdi. Ushbu mahsulotlar orasida mayiz, o’rik qoqi, anjir qoqi va tosh pistaga talab katta bo’ldi. O’tgan yili 477 ming tonna mahsulot eksport qilinib, undan tushgan daromad 1.4 mln dollarni tashkil qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar