Matbuot sharhlari 21.01.2021

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1568324
Matbuot sharhlari 21.01.2021

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdoganning til haqidagi murojaati. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Madaniyat va turizm vazirligi 2019 - 2020 maxsus mukofatlar marosimida so‘zlagan nutqida, “O‘z tilini himoya qilmagan, tilini boyitmagan millatlar ildizi qurigan daraxtlardek esgan shamollar oldida yiqilishga mahkumdir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Qizil Yarim oy jamiyatining yaxshilik uylari tayyor. Turkiyaning Suriyadagi hujumlardan qochib, Idlibga ko‘chgan va ana shu yerda yashash uchun kurashganlar uchun qurgan briketli uylari tamomlanmoqda. Turk Qizil Yarim oy jamiyati tomonidan Sarmada tumanining Mashat Ruhin mintaqasida qurilgan 1228 briketli uydan 748 tasi foydalanishga tayyor. Bir xona, hammom, tuvalet va oshxonadan iborat bo‘lgan 39 kvadrat metrlik briketli uylar har qanday havo sharoitiga chidamli.  

Hürriyet gazetasi: Türksat - 5A ning safari rejalashtirilganidek davom etmoqda. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu, Türksat - 5A ning infratuzilma sinovlarining muammosiz tamomlanganini eslatib o‘tgan holda, “Qariyb 4 oy davom etadigan amaliyotlar, rejalashtirilganidek davom etmoqda”. - dedi.

Sabah gazetasi: Chet mamlakatlarda BİPga bolgan qiziqishda ortish kuzatildi. Turkiyaning mahalliy aloqa platformasi BİP ning chet eldagi yangi foydalanuvchilari soni 8 millionga yetdi. Ilovalar bozorida eng ko‘p tanlanganlar orasida jadal tusda yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan BİP Bahrayn, Bangladesh, Qatar, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Ummonda barcha raqiblarini ortda qoldirib, Google Play Storeda birinchi o‘ringa ko‘tarildi.  

Star gazetasi: Turkiyada tayyorlangan ziravorlar, dunyoning tort burchagida taomlar lazzatiga lazzat qoshmoqda. Turkiyaning ziravor eksporti 2020 - yili, 2019 - yilga solishtirganda 15 foizga ortgan holda 201 million 735 ming dollarlik daromad olib keldi. Ziravor eksportida birinchilardan bo‘lib 29 million 743 ming dollar bilan AQSh o‘rin oldi. AQShdan keyin 22 million 822 ming dollar bilan Germaniya va 8 million 941 dollar bilan Xitoy qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar