Matbuot sharhlari 25.12.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1551629
Matbuot sharhlari 25.12.2020

 

Vatan gazetasi: “Turkiyaning kuch va salohiyati” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya global pandemiyaga qarshi kurash bo’yicha siyosatini jadallik bilan olib borayotganligini ma’lum qildi. “Pandemiyaga qaramay, Suriya, Liviya, Sharqiy O’rta yer dengizi, Kipr va Tog’li Qorabog’ mojarolari bo’yicha intsiyativa qo’lladik”,-dedi Turkiya TIV rahbari.

 

Star gazetasi: “Anqaradan Bag’dodga maslahat: Mas’uliyatni bajarang!” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya Iroqning Sinjar viloyatidan terror tashkiloti PKKni quvib chiqarish bo’yicha faoliyatlarni yaqindan kuzatib bormoqda. Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning Anqaraga tashrifiga e’tibor qaratgan nafaqadagi general Fahri Erenel shunday dedi: “Menimcha bu juda ahamiyatli tashrif bo’ldi. Taxminimga ko’ra, Anqara Iroqni kerakli ishni bajaring, bo’lmasa bizga qo’yib bering! deb ogohlantirgan”.

 

Xabar turk gazetasi: “Vaksinalar yakshanba kuni yo’lga chiqadi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, kecha Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja yetakchiligida koronavirusni nazorat qilish bo’yicha kengash a’zolari to’plandi. “Xitoy vaksinasi turklarga kuchli ta’sir qilishiga ishonchimiz komil. Analizlarga ko’ra, Xitoy vaksinasi turklarda o’z kuchini 91.25 foiz ko’rsatdi”,-deb aytgan Fahriddin Koja yakshanbadan dushanbaga o’tar kechasi Xitoy vaksinasi Turkiyaga tomon yo’lga chiqishini ma’lum qildi.

 

Hurriyat gazetasi: “BioNTech vaksinasi bo’yicha shartnoma tafsilotlari ma’lum bo’ldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja turk olimlar Ug’ur Shahin va O’zlem Tureji yetakchilik qilayotgan BioNTech kompaniyasi bilan Amerikaning Pfizer kompaniyasi birgalikda ishlab chiqargan vaksina Turkiyaga keltirilishini e’lon qildi. Vazirning ta’kidlashicha, bugun mart oyi oxirigacha Turkiyaga 4.5 mln doza vaksina olib kelish to’g’risida shartnoma imzolanadi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Milliard dollarlik oltin zahirasi topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Bilejik viloyati So’g’ut tumanida oltin koni topildi. Olimlarning tekshiruviga ko’ra, ushbu konda moddiy qiymati 46 mlrd liraga teng kelgan 3.5 mln untsiya (oltin va boshqa nodir qimmatbaho metallarning asosiy vazn birligi ) oltin zahirasi mavjud. Oltinni qazib olish bo’yicha faoliyatlar boshlab yuborildi va oltin konida 1000 kishi ish bilan ta’minlanadi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar