Matbuot sharhlari 18.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1547806
Matbuot sharhlari 18.12.2020

Hürriyet gazetasi: Turkiya bilan Iroq mushtarak qaror qabul qildi va unda “Terrorga yol yoq” - deyildi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Prezidentlik kulliyasida Iroq Bosh vaziri Mustafa Kozimiy bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Prezident Erdo‘g‘an unda, “Mushtarak dushmanimiz IShiD, PKK va FETO terror tashkilotiga qarshi kurashimizning davom etishi haqida qaror qabul qildik”. - dedi. Iroq Bosh vaziri Kozimiy esa: “IShIDdek mintaqaga ziyon yetkazgan tashkilotlarga qarshi birgalikda faoliyat olib borish niyatidamiz” - degan ifodalarga o‘rin berdi.    

Vatan gazetasi: Putin: “Erdogan, bergan va’dasida turgan inson”. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, butun dunyo tomonidan kuzatilgan va yil yakuni bo‘yicha uyushtirgan matbuot anjumanida Prezident Erdo‘g‘anga maqtov yog‘dirdi.  Unda Erdo‘g‘anning bergan va’dasida turgan inson ekanini qayd etgan Putin: “Erdo‘g‘an, mamlakati uchun nimanidir maqul ko‘rsa uning uchun oxirigacha kurashadi. Bu vaziyat, ro‘parangda kimning borligini anglab yetish jihatidan muhimdir”. - deya gapirdi.

Yeni Şafak gazetasi: Shentop: “Dunyoning eng mart davlati bolishdan faxrlanamiz”. Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop online tarzda uyushtirilgan Qit’alararo Iqtisodiy hamkorlik tarkibidagi davlatlarning navbatdagi parlament rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etdi. Unda Turkiyaning Covid - 19 jarayonida yordamga muhtoj davlatlarga yuborgan yordamlariga e’tibor qaratgan Shentop, “Dunyoning eng muhim davlati bo‘lmasligimiz mumkin lekin dunyoning eng mart davlati bo‘lishdan faxrlanamiz”. - dedi.  

Haber Türk gazetasi: Hulusi Akar: “S - 400 masalasida biz turgan joy togri”. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ning Rossiyadan S - 400 zenit raketa tizimi xarid qilib olgan Turkiyaga nisbatan sanksiya kiritish haqidagi qarorini baholadi. “AQShda yetakchilik, vazirlar, byurokratlar, tuzilish o‘zgarmoqda. Diqqatimizni bundan buyon nimalar bo‘lishiga jamlaymiz”. - degan Akar, “Biz turgan joy to‘g‘ridir. S - 400 ni yashirin ravishda olmadik. Patriot istadik, NATO tomonidan Patriot batareyalari keldi va ketdi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Turkiya turizm tarmogida raqiblaridan oldinda. Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Turkiyaning pandemiya jarayonida turizm tarmog‘ida Yevropadagi eng kuchli raqiblaridan 15 foiz yana - da yaxshi faoliyat olib borganini qayd etdi. Turkiyaning 2020 - yilda ko‘zlagan 58 million sayyoh va 41 million dollarlik daromad saviyalaridan o‘tishiga ishonch hosil qilganini ifoda etgan Ersoy, “Kelajakda o‘z yo‘limizni qarorlilik bilan davom ettiramiz”. - dedi.   

 



Aloqador xabarlar