Matbuot sharhlari 17.12.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1547167
Matbuot sharhlari 17.12.2020

 

Hurriyat gazetasi: “Erdo’g’andan AQSh sanksiyasiga keskin e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh tomonidan Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishiga munosabat bildirdi.

AQSh Turkiyaga sanksiya kiritdi. Shuni aniq aytamanki, 2017 yildan buyon Amerika dushmanlariga qarshi sanksiyalar vositasida kurashish qonuni (CAATSA) doirasida Turkiyadan boshqa biron davlatga sanksiya joriy etmagan. Ilk bor NATOga a’zo bo’lgan bir davlatga ya’ni, Turkiyaga sanksiya qo’lladi. Bu qanday ittifoq? Bu qanday ittifoqdoshlikdir?”,-deb e’tiroz bildirgan prezident Erdo’g’an.

 

Xabar turk gazetasi: “Chavusho’g’li: PKKni Iroqdan tozalashga ko’maklashamiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha Iroq tashqi ishlar vaziri Fuad Husayin bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so’ng o’tkazilgan matbuot anjumanida Chavusho’g’li terror tashkiloti PKK avvalo o’zining kurd xalqiga dushman ekanligini aytdi.

“Turkiya Iroqni PKK terror tashkilotidan butkul tozalash uchun yordam beradi”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li.

 

Vatan gazetasi: “Turkiyadan muvozanatni o’zgartiruvchi hamla” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning ASELSAN va ROKETSAN kompaniyalari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqarilgan dastlabki milliy va mahalliy havo mudofaa tizimi “HİSAR-A+” sinovdan o’tkazildi. Mudofaa sanoati boshqarmasining twitterdagi sahifasida ushbu sinovning video tasviri namoyish qilindi. Sinov muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

Star gazetasi: “COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqargan turk olim “Yil odami” deb topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Financial Times nashri COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqargan Germaniyaning BioNTech kompaniyasi rahbari prof. Ug’ur Shahin va O’zlem Turejini “Yil odami” deb topdi.

“Prof. Ug’ur Shahin va O’zlem Tureji bir yildan oz vaqt ichida COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarib, favqulodda ilmiy muvaffaqiyatni qo’lga kiritdi”,-deyilgan xabarda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar