Matbuot sharhlari 10.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1543253
Matbuot sharhlari 10.12.2020

Star gazetasi: Erdogan YIga ochiq gapirdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifi oldidan “Esenbo‘g‘a” nomidagi aeroportda bayonotlar berdi. Prezident Erdo‘g‘an unda, 10 – 11 dekabrdagi Yevropa ittifoqi Liderlar sammiti haqida, “Turkiyaga nisbatan yo‘lga qo‘yiladigan sanksiya haqidagi qarorlar Turkiyaga unchalik ham putur yetkazolmaydi”. – dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Germaniya matbuoti Turk Qurolli uchuvchisiz havo vositalari haqida gapirmoqda. Turkiya tomonidan ishlab chiqarilgan Qurolli – qurolsiz uchuvchisiz havo vositalarining muvaffaqiyati, xalqaro hamjamiyatda duv – duv gap bo‘lishni davom ettirmoqda. Turk Qurolli uchuvchisiz havo vositasini kun tartibiga olib chiqqan Germaniya matbuoti, “Biz Qurolli uchuvchisiz havo vositasining kerakligi haqida muzokara olib borar ekan Turkiya muvaffaqiyatli ravishda bir texnologiyaga asos soldi. Bu borada oliy darajadagi texnikaga erishdilar” va “Turk Qurolli uchuvchisiz havo vositalari orqali Qorabog‘da, tarixning birinchi Qurolli uchuvchisiz havo vositasi bilan kurash olib borildi. Urushning ketishini o‘zgartirdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Turkiya tarixida yana bir yangilik. Sog‘likni Saqlash vazirligi, Bioeksen Ar - Ge texnologiyalari sherikligida ishlab chiqarilgan Covid – 19 diagnostika vositasini, Jahon Sog‘likni Saqlash tashkilotiga tasdiqlatib, o‘z tarmog‘idagi nufuzli firmalar qatorida o‘rin oldi. Ushbu ruxsat orqali Turkiya tarixida birinchi marotaba mahalliy tibbiy diagnostika vositasi texnologiyasi Jahon Sog‘likni Saqlash tashkilotining ruxsatini oldi va butun dunyoning foydalanishiga topshirildi.

Hürriyet gazetasi: Turkiyada birinchi marotaba lityum karbonat ishlab chiqarish ishlari oz faoliyatini boshladi. Eskishaharning Seyitgazi tumanidagi Etimaden Kirka ta’sislarida Turkiyada birinchi marotaba lityum karbonat ishlab chiqarila boshladi. Ta’sisda birinchi yili 10 tonna, keyinchalik esa 600 tonna lityum karbonat ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Etimaden Texnologiya rivojlantirish bo‘limi rahbari Derya Marasho‘g‘lu, birinchi ishlab chiqarilgan lityum karbonatning mahalliy elektronik avtomobillarda foydalaniladigan lityum sifatida ekanini qayd etdi.  

Vatan gazetasi: Dam olish uchun kelganlar, qaytmayapdi. Turkiyada chet elliklarga uy - joy sotishi, aviaqatnovlarning takror ochilishi bilan avgust oyidan e’tiboran o‘tgan yilga qaraganda har oyda borgan sari ortib bormoqda. Bu yil o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan 23.1 foizlik ortish kuzatildi. Turkiyadan eng ko‘p Iroq, Eron, Rossiya, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Quvayt, Britaniya, Germaniya, Iordaniya va Ozarbayjon fuqarolari uy xarid qilib oldi.

 



Aloqador xabarlar