Matbuot sharhlari 02.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1538237
Matbuot sharhlari 02.12.2020

Habertürk gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an: Raqamlashish boshqarilmasa unda u bizni fashizmga yetaklaydi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an to‘rtinichisi uyushtirilgan “TRT World Forum”da so‘zlagan nutqida, “Hech qanday tekshiruv ishlari yo‘q, o‘zboshimchalikka ochiq, huquqdan tashqari soha degan tushuncha bilan qabul qilinganida raqamlashish bizni fashizmga yetaklaydi. Buning uchun raqamlashish erkinlik sohasini kengaytirar ekan yangi adolatsizlik, yangi nohaqlik, yangi yakkalashlarga yo‘l ochmasligi lozim”. – deya gapirdi.

Yenişafak gazetasi: Faxrettin Ko‘ja, emlanish kunini ma’lum qildi. Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, “Emlash ishlarini dekabr oyida boshlamoqchimiz. Dekabr oyida 20 million vaksina tegadi qo‘limizga. Hammasi joyida davom etgudek bo‘lsa unda dekabr oyidan e’tiboran tibbiy xodimlarni emlashni boshlaymiz”. – dedi. 

Hürriyet gazetasi: Altun: YI bilan yana – da yaqin munosabatda bo‘lishni xohlaymiz.Bunga harakat qilyapmiz. Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi rahbari Faxrettin Altun, “TRT World Forum 2020” da so‘zlagan nutqida, Yevropa ittifoqi bilan munosabatlar masalasida, “Yevropa ittifoqi bilan yana – da yaqin munosabatda bo‘lishni xohlaymiz. Buning uchun harakat qilyapmiz. Birdamlik va hamkorligimiz, Yevropadagi nafrat va yakkalashlik undovlariga qarshi chiqishlik jihatidan alohida o‘ringa ega”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Bekir Pakdemirli: Dengiz mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatlarimiz 511 foizga ortdi. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon ishlari bo‘yicha vazir Bekir Pakdemirli, dengiz mahsulotlari tarmog‘ida 2003 – yildan e’tiboran jami 1 milliard 350 million liralik yordam berganliklarini eslatib o‘tgan holda, “Bu yordam orqali akvakultura ta’sisi soni 70 foizga ortib 2 ming 127 ga, ishlab chiqarish miqdori esa 511 foizga ortib 373 ming tonnaga ko‘tarildi”. – deya gapirdi.  

Star gazetasi: Mahalliy va chet ellik sayyohlarning qor ostidagi chang‘i hayajoni. Turkiyaning Erzurum viloyatida mahalliy va chet ellik sayyohlar, sun’iy qor tizimi orqali maydon tayyorlagan Palando‘ken Chang‘i markazida chang‘i uchdi. Chang‘i markazida ba’zi oilalar ham bolalari bilan qorbobo yasab, qorbo‘ron o‘ynab kayfiyatli vaqt o‘tkazdi.   

 



Aloqador xabarlar