Matbuot sharhlari 16.11.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1528547
Matbuot sharhlari 16.11.2020

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdogandan ShKTRda muhim bayonotlar. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Shimoliy Kipr Turk Respublikasining tashkil topishining 37 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan marosimda ishtirok etar ekan unda ShKTRning siyosiy vaziyati haqida gapirdi. Bu haqida, “Kiprda 1963 – yili qurol orqali buzilgan va 1974 – yili to‘ntarish yo‘li orqali butunlay yo‘q qilingan sheriklikni, greklar bilan qayta tiklash imkonsiz” – dedi.  

Star gazetasi: Ersin Tatar: “Hech kim bizni Turkiya bilan bolgan aloqamizni uzishimizni kutmasin”. ShKTR Prezidenti Ersin Tatar kecha ShKTRning tashkil topishining 37 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan marosimda Kiprning mintaqada va dunyoda o‘rnak tashkil etgan tinchlik oroli bo‘lishi uchun turk tomoni haqlari va mustaqilligidan voz kechmay, kerakli qadamlarni tashlashga tayyor ekanini qayd etdi. Tatar, “Lekin hech kim bizni Turkiyaning samarali kafilligidan voz kechishimizni, Turkiya bilan bo‘lgan aloqamizni uzishimizni kutmasin. Biz bu kunlarga qanday kelganimizni yaxshi bilamiz”. – deya gapirdi.

Hürriyet gazetasi: Dunyoga umid baxsh etgan professor doktor Ugur Shahindan yangi turdagi koronavirus haqida muhim sozlar. O‘tgan hafta yangi turdagi koronavirusga qarshi birinchi muvaffaqiyatli vaksina topganini ma’lum qilgan BioNTech shirkatining oliy darajali yetakchisi professor doktor Ug‘ur Shahin, “Bu yilgi qish mavsumida vaksinamiz orqali infeksiya raqamlari ustida unchalik ham ta’sirimiz bo‘lmaydi lekin hammasi o‘z yo‘lida ilgarilagudek bo‘lsa unda vaksinani ushbu qish mavsumi yakunida, kelasi yilning boshida tarqata boshlaymiz. Yoz mavsumigacha katta ta’siri bo‘lmaydi. Yoz mavsumida infeksiya tezligining tushishi bizga yordam beradi. Mutlaqo, ilkbahor yoki kuzdan oldin yuqori darajada emlash nisbati qayd etishimiz lozim. Bu, navbatdagi kuz mavsumigacha barcha emlashlarni muvaffaqiyatli yakunlashni anglatadi. Boshqacha qilib aytadiganda, kelasi yili qishni normal o‘tkazishimiz mumkin”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya Milliy futbol terma jamoasi Rossiyani 3 – 2 hisobiga yengdi. Turkiya Milliy futbol terma jamoasi xalqaro ligadagi 5 – musobaqada Rossiyani 3 – 2 hisobiga mag‘lubiyatga uchratib, guruhdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Sabah gazetasi: Lyuis Xemilton, Istanbulda dunyo chempioni. “Formula – 1” ning Turkiya bo‘sqichi Gran – pri sohibi Mersedes piloti Lyuis Xemiltonga nasib etdi. Bu orqali shu bilan yettinchi marotaba jahon chempionligini qo‘lga kiritgan britaniyalik pilot, Ferrarining sobiq afsonasi Mixael Shumaxerning rekordiga sherik bo‘ldi.



Aloqador xabarlar