Matbuot sharhlari 22.09.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1495238
Matbuot sharhlari 22.09.2020

Haber Türk gazetasi: Erdogan: “Birlashgan Millatlar Xavfsizlik kengashi tizimi adolatli emas.” Prezident Erdo‘g‘an, BMTning tashkil topishining 75 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali yig‘ilishga videomurojaat yo‘lladi. Erdo‘g‘an unda, BMTXK tizimini tanqid qilgan holda, “BMT tizimini takror faollashtirish uchun eng avvalo Xavfsizlik kengashini isloh qilishimiz kerak. 7 milliarddan ortiq inson taqdirini 5 davlatning ixtiyoriga tashlab qo‘ygan kengash tizimi, adolatli bo‘lmaganidek, barqaror ham emasdir.” dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Covid – 19 ga qarshi mahalliy vaksinadan foydalanish vaqti ma’lum boldi. Turkiyada Covid – 19 ga qarshi vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari davom etmoqda. Prezident Erdo‘g‘an, bugungacha 8 ta vaksinadan 2 tasining hayvon ustida sinab ko‘rish ishlarining muvaffaqiyatli ravishda tamomlanganini ma’lum qildi. Firmalardan birining infratuzilmasini vaksina ishlab chiqarish shartlariga uyg‘un holga keltirganini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an, “Xudo xohlasa, kelasi yilning ilk oylarida bu vaksinalarni xalqimiz xizmatiga taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz.” dedi.   

Vatan gazetasi: Turkiya milliy daromadiga ko‘ra eng ko‘p yordam bergan davlat qatorida. Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning dunyoning milliy daromadiga ko‘ra eng ko‘p yordam bergan davlat qatorida, qo‘lidagi bor imkonlari bilan yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi yo‘l ochgan muammolarni yengillashtirishga uringanini qayd etdi. Turkiyaning, pandemiya jarayonida dunyoning boshqa davlatlariga yordam berganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an din, til, irq va qit’a ajratmay, dunyoning 146 davlatiga tibbiy buyum va jihozlar yuborganligini bildirdi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya qishloq xojaligidagi o‘sish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Turkiyaning Yevropada bir necha davlatni ortda qoldirgan holda, qishloq xo‘jaligidagi o‘sish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda ekanligini ma’lum qildi. “Maqsadimiz, dunyoda va Yevropada lider davlatlar qatoriga kirishlikdir.” degan Albayrak, “Bu muvaffaqiyatni qo‘lga kiritishimiz uchun mehnat qilgan barcha ishlab chiqaruvchilarimizni tabriklayman.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Mahalliy video konferentsiya dasturi ilk sinovdan o‘tdi. Mahalliy video konferentsiya dasturi “BizBize” orqali dunyoning 24 davlati ishtirokchisi 3 kunda 700 ta yig‘ilish o‘tkazdi. Mahalliy video konferentsiya dasturi, xalqaro maydondagi ilk muhim sinovidan muvaffaqiyatli ravishda o‘tar ekan 254 ta firma bilan tashkilot vakili, dunyoning to‘rt burchagidan muammosiz ravishda jami 410 soatlik yig‘ilish o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.



Aloqador xabarlar