Matbuot sharhlari 09.09.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1487547
Matbuot sharhlari 09.09.2020

 

Vatan gazetasi: "Turkiya va Erondan qo’shma dekloratsiya” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya va Eron o’rtasidagi oliy darajali hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishi yakuniga ko’ra, imzolangan qo’shma dekloratsiyada PKK, PJAK va boshqa terror guruhlariga qarshi qo’shma operatsiya va boshqa har qanday chora ko’rish vazifasi ikki mamlakat zimmasida ekanligi qayd etildi.

 

Sabah gazetasi: "Chavusho’g’lidan Gretsiyaga e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya tomonidan sharqiy O’rta yer dengizida olib borilayotgan barcha harbiy mashg’ulotlar NATO bitimlariga mos ravishda amalga oshirilayotganligini ma’lum qildi.

“Muzokara o’tkazilishini taklif qilyabmiz, biroq Gretsiya bunga yondashmayotir. Gretsiya muzokara tarafdori emas. Yevropa davlatlari ham bundan bezidi. Gretsiya agar o’ziga ishonsa, o’z taklifini kiritsin. Haqli ekanini aytsin. Bizning ham aytadigan gaplarimiz bor. Gretsiya shu sababli hadiksiramoqda”,-deb aytgan Mavlud Chavushog’li.

 

Yeni shafak gazetasi: “Dunyoda yangi ixtiro” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Chanoqqal’a 18-Mart universitetida (ÇOMÜ) koronavirusni aniqlaydigan juft antikorli diagnos kiti ishlab chiqarildi. Ushbu kit vositasida 8 daqiqada koronavirusni 100 foiz to’g’ri aniqlash mumkin bo’ladi. Universitet rektori professor Sedat Murat va professor Mustafo Kamol Sezginturk tomonidan ishlab chiqarilgan test kiti dunyoda yangi ixtiro ekanligi qayd etildi.

 

Star gazetasi: “Buyuk Britaniya mediasidan maqtovlar” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Buyuk Britaniyaning “Telegraph” gazetasi Turkiyani eng ishonchli turistik davlatlar qatorida kiritdi. Gazeta Turkiyani ingliz hukumatining ishonchli davlatlar ro’yxatiga kirishga muvaffaq bo’lganligini yozdi.

 

Hurriyat gazetasi: “Abramovichning lyuks kemasi Bodrumga langar tashladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, dunyo bo’ylab mashhur rus milliarder va ingliz futbol jamoasi “Chealsea”ning sohibi Roman Abramovichning “Eclipse” lyuks kemasi Turkiyaning turistik Bodrum shahriga keldi. O’ta hashamatli kema nafaqat mahalliy, balki xorijlik sayyohlarning ham diqqatini o’ziga jalb etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar