Matbuot sharhlari 28.08.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1480650
Matbuot sharhlari 28.08.2020

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiya Oliy majlis raisi Mustafo Shento’pdan Liviya haqida bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya Oliy majlis raisi Mustafo Shento’p kecha Liviya Oliy kengashi rahbari Xolid al-Mishri bilan uchrashdi. Mustafo Shento’p uchrashuv chog’ida shunday dedi:

“Liviyada xalqaro huquq va BMT qarorlariga hilof ravishda faoliyat yuritgan tashqi kuchlarning, jumladan qo’shni davlat Misr, BAA va Fransiyaning Liviya hukumati va uning qarorlariga hurmat ko’rsatishidan umidvormiz”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Hulusi Akardan bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Gretsiya tufayli ro’y berayotgan sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar haqida: “Biz muloqot tarafdorimiz, bu barchaga ayon. Biz tinchlik, farovonlik va ayni paytda o’z haqqimizni talab qilamiz. Kelgusida yunon mulozimlarini kutib olishdan bahtiyor bo’lamiz. Kelishsin maslahatlashaylik!”,-dedi.


Sabah gazetasi: “Sanoat vaziri strategik hamkorlikni e’lon qildi: Mudofaa konseptsiyalari o’zgaradi” sarlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank Ukraina bosh vazir o’rinbosari va strategik industriyalardan mas’ul davlat vaziri Oleg Uruskiy bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Varank shunday dedi: “Ukraina hozirda butun dunyo xavas qilgan SIHA dronlarimizni xarid qilyabdi va bu yangi davrda yana ham katta imkoniyatlarni paydo qiladi. Mudofaa bo’yicha kontsepsiyalar katta darajada o’zgaradi”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: “Oruch Reis” uchun yangi Navtex” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, “Oruch Reis” kemasi uchun yangi Navtex e’lon qilindi. Bunga ko’ra, “Oruch Reis” kemasining xizmat muddati 1 sentyabrga qadar uzaytirildi.


 



 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar