Matbuot sharhlari 18.08.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1474924
Matbuot sharhlari 18.08.2020

 

Sabah gazetasi: “Yevropada bir ilk. Ochilishi Erdo’g’an tomonidan 19 avgustda amalga oshiriladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya shu kunlarda energiya bo’yicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Turkiyada quyosh panellari ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirilmoqda. Ertaga 19 avgust kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan mazkur zavodning ochilish marosimi o’tkaziladi.

Yilda 500 megavatt quvvatga ega quyosh panellarini ishlab chiqarish hajmiga ega bo’ladigan zavod Yevropa bo’yicha yagona hisoblanadi.

 

Yeni Shafak gazetasi: “Fotih” va “Yovuz”dan so’ng “Qonuniy” ham O’rta yer dengizi safariga otlanmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tomonidan bug’ulash faoliyatlarini tezlashtirish maqsadida “Fotih” va “Yovuz” kemalariga qo’shimcha ravishda xarid qilingan “Qonuniy” nomli bug’ulash kemasi Mersinning NATO portida texnik sozlash tekshiruvidan o’tkazildi. 11 ming 400 metr chuqurlikka va 3 ming metr bug’ulash kuchiga ega bo’lgan kema oltinchi avlod ultra dengiz bug’ulash kemasi bo’lib hisoblanadi.

 

Hurriyat gazetasi: “Yettita turk kompaniyasi mudofaa kompaniyalari ro’yxatida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, turk mudofaa sanoati kompaniyalari oxirgi paytlarda qo’lga kiritgan katta daromadi bilan rekord qo’yar ekan, xalqaro raqobatbardosh kampaniyalar ro’yxatida yuqori o’rinlardan joy olmoqda. AQShning Defense News jurnali tomonidan har yili e’lon qilingan dunyoning eng yirik mudofaa sanoati ro’yxatida bu yil 7ta turk kompaniyasi o’rin olgan.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar