Matbuot sharhlari 17.08.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1474259
Matbuot sharhlari 17.08.2020

Vatan gazetasi: Turkiya Joe Bidenga qattiq e’tiroz bildirdi va uning harakatini, “Savodsizlik, magrurlik va ikki yuzlamachilik.” deb baholadi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida 3 – noyabr kuni o‘tkaziladigan prezidentlik saylovi uchun demokratik partiyadan nomzod bo‘lgan Joe Bidenning, 16 – yanvar kuni Nyu – York Times muharrirlariga bergan va tasvirlari internetga endigina tushgan muloqatda Turkiya haqida aytgan so‘zlari tortishuvlarga yo‘l ochdi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin bu so‘zlarga qattiq e’tiroz bildirgan holda, “Bidenning Turkiya ustidan yuritgan tahlili savodsizlik, mag‘rurlik va ikki yuzlamachilikka borib taqaladi.” dedi.

Star gazetasi: Turkiya yangi NAVTEX (Navigatsiya teleksi/ Dengizchilarga axborot yetkazish tizimi) e’lon qildi. Turkiya anchadan buyon Sharqiy O‘rta yer dengizida faoliyat olib borayotgan “Yavuz” nomidagi burg‘ulash kemasi uchun yangi NAVTEX e’lon qildi. Bu e’lon “Yavuz” kemasining hozirda ish borayotgan sohadagi faoliyat muddatini 15 – sentabrgacha uzaytiradi. Nomi tilga olgan kemaning Kipr sohilidan uzoq nuqtada uglevodorod qidiruv faoliyatlarini davom etishi bildirildi. NAVTEX e’lon qilinar chog‘ida, “Faoliyat olib borilgan sohaga kirmaslik qat’iy tavsiya etiladi” degan ifodalarga o‘rin berildi.  

Hürriyet gazetasi: Orta yer dengizida himoya qalqoni. Fransiya bilan Kiprning grek qismi o‘rtasida tuzilgan “Mudofaa sohasi hamkorlik shartnomasi”ga Turkiya qattiq e’tiroz bildirdi. “Oruch Reis”ga qarshi ig‘vogar munosabatda bo‘lgan Gretsiyaning fregati Limnosni orqasidan quvgan TCG Kemalreis fregati ham bu gal Kiprning sharqida Barbaros Hayrettin Pasha tadqiqot kemasiga hamrohlik qilmoqda.  

Sabah gazetasi: Turkiya sanoat ishlab chiqarishda Yevropada birinchi orinda. Maslahat kengashining on oltinchi yig‘ilshi Savdo vaziri Ruhsar Pekjan yetakchiligida video konferentsiya orqali bo‘lib o‘tdi. Pekjan, “Sanoat ishlab chiqarish indeksida 17.6 foizlik ortish bilan Yevropada birinchi o‘rinni oldik. Zotan birinchi chorakdagi o‘sishda G – 20 o‘lkalari orasida 4.5 foizlik o‘sish orqali birinchi qatorga kirgandik.” dedi.

Haber Türk gazetasi: Amber Heard, Istanbulga hayron qoldi. Taniqli amerikalik aktrisa Amber Heard, dam olish uchun Turkiyani tanladi. O‘tgan haftani Bodrumda o‘tkazgan aktrisa, ortidan Istanbulda bo‘ldi. Tarixiy yarim orolni tomosha qilib chiqqan Heard, jome’ masjidini ziyorat qildi. “Bu ajoyib shaharga ortiqcha oshiq bo‘lolmasdim” degan taniqli aktrisa, sayohati haqida ijtimoiy tarmoq orqali batafsil post qoldirdi.

 

 



Aloqador xabarlar