Matbuot sharhlari 11.08.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1470876
Matbuot sharhlari 11.08.2020

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdogandan Sharqiy Orta yer dengizi masalasida taklif. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasida Gretsiya va Misr o‘rtasida tuzilgan shartnomaning huquqiy asosi yo‘qligini qayd etdi. Erdo‘g‘an, “Keling, O‘rta yer dengizidagi barhca mamlakat birgalashib uchrashuv o‘tkazamiz. Unda hammaga maqul, hammani haq va huquqini himoya qilgan yo‘l izlab topaylik. Yurtimizning bu taklifiga quloqlarini bekitganlar kuchlari yetmagan ishlarga kirishib, o‘z kelajagini o‘z qo‘llari bilan boltalamoqda” dedi.   

Sabah gazetasi: Taranglikni orttirgan tomon Gretsiya. Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, O‘rta yer dengizida taranglikni orttirgan tomon Turkiya emas, Gretsiya ekanligini qayd etdi. Aksoy, “Asrlar davomida Turk hokimiyatida bo‘lgan O‘rta yer dengizidan yurtimizni chetlatishga urinish hech kimning haddiga emasdir. O‘rta yer dengizining yagona egasi manman degan tushuncha bilan harakat qilganlar, husronga uchraydi” dedi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya yangi NAVTEX e’lon qildi. Turkiya O‘rta yer dengizida yangi NAVTEX e’lon qildi. Oruch Reis, Ataman va Jengiz Han kemalari uchun e’lon qilingan NAVTEX, 23 – avgustgacha faol. Kemalar, Sharqiy O‘rta yer dengizida Kiprdagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada avval e’lon qilingan mintaqada seysmik faoliyatlari olib boradi.

Star gazetasi: Turkiya mintaqada puxta ish qildi va Armanistonning hafsalasi pir bo‘ldi. Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasida birgalikda olib borilgan harbiy mashq butun dunyo e’tiborini o‘ziga tortdi. Aslida ikki mamlakat o‘rtasidagi mushtarak mashq mintaqada, 1990 – yillarning boshidan beri bo‘lganidek xalqaro huquqqa qarshi yo‘lga qo‘yilgan tashabbuslarga ruxsat berilmasligining, o‘lkalarning hududiy yaxlitligi ham doxil xalqaro huquqning asosiy prinsiplarining mutlaqo himoya qilinishi, shu bois ham, tinchlik va barqarorlikning kafili ekanligini yaqqol ko‘rsatdi.  

Vatan gazetasi: Mahalliy Covid – 19 vaksinasini ishlab chiqarish ishlari, oktabr oyiga rejalashtirilmoqda. Turkiyaning birinchi vaksinasi tayyor. Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari olib borgan guruh yetakchisi professor doktor Hasan Akbulut (Anqara universiteti, Tibbiy fakulteti), “8 - iyuldan e’tiboran hayvon ustidan olib borgan sinovlarimiz muvaffaqiyatli natija berdi.” dedi. Professor Akbulut, oktabr oyida birinchi vaksinani ishlab chiqarish ishlari rejalashtirilayotganligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar