Matbuot sharhlari 26.02.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1366742
Matbuot sharhlari 26.02.2020

                       

Star gazetasi: “Ozarbayjon bilan Turkiya o’rtasidagi savdo hajmini 15 mlrd dollarga chiqarish ko’zda tutilmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Bakuga tashrifi chog’ida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.

Ikki yetakchi uchrashuvda Turkiya-Ozarbayjon munosabatlarini ko’zdan kechirdi. Shuningdek, Ozarbayjon va Turkiya o’rtasidagi savdo hajmi 2019 yili 4 yarim mlrd dollar ekanligi, 2020 yilda esa bu hajmni 15 mlrd dollarga chiqarish maqsad qilinganligi qayd etildi.

 

Yeni shafak gazetasi:“Turkiya NATOning “Dynamic Manta 2020” mashg’ulotlarida saf tortdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Sitsiliya orolining sharqiy sohillarida  “Dynamic Manta 2020” harbiy mashg’ulotlari o’z ishini boshladi. Ushbu mashg’ulotlar NATOning suv osti kemalariga qarshi havo, suv usti va dengiz ostidagi hamkorlikni rivojlantirish, urushga tayyorgarlik qobiliyatini oshirishni maqsad qiladi.

Turkiya dengiz kuchlari NATO harbiy mashg’ulotlarda old saflardadan joy oldi va Turkiya mashg’ulotlarga katta hissa qo’shgan davlatlardan biri bo’ldi.

 

Sabah gazetasi:“Idlibga tanklar va artilleriya kurollarini yuborish davom etmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya Qurolli kuchlari Turkiya-Suriya chegarasidagi harbiy bo’linmalarga qo’shimcha zirhli vositalar yuborishni davom ettirmoqda.

Taxminan 20ta transportda harbiy artilleriya tarkibiga kiruvchi 100 mm va undan ortiq kalibrli artilleriya kurollari va 10 ta tankdan iborat harbiy konvoy Suriya chegarasiga yetib keldi. Ular chegaradan Suriya tomoniga olib o’tiladi va Idlibdagi turk kuzatuv punktlariga topshiriladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyada bor ma’danidan litiy ishlab chiqariladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya dunyoda jami bor zahirasining 70 foiziga ega. Bor ma’dani tarkibida litiy moddasi borligini ma’lum qilgan Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmez: “Tokli mashinalarning eng nozik joyi batareyalaridir. Litiy batareyalar bu jarayonda katta ahamiyatga ega. Bor ma’dani tarkibidagi litiy moddasini ajratib olib, undan foydalanamiz”,-dedi.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiyada joriy yilda bor ma’danidan litiy ishlab chiqaradigan zavod qurilishi rejalanmoqda.

 

Xabar turk gazetasi: “THY Xitoy va Eronga aviaqatnovlar bo’yicha izoh bildirdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turk Havo Yo’llari Xitoyga aviareyslarni 29 fevralga qadar to’xtatdi. Eronga parvozlar haqida izoh bildirgan THY, poytaxt Tehrondan tashqari, mamlakatdagi barcha shaharlarga amalga oshirilayotgan reyslar 10 martga qadar to’xtatilganligini e’lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar