Matbuot sharhlari 31.01.2020

Star: "Vazir Chavushog'luning Turkiya bayrog'ini yirtgan irqchi deputatga  qarshi qattiq reaksiyasi"

1350719
Matbuot sharhlari 31.01.2020

 

Star: "Vazir Chavushog'luning Turkiya bayrog'ini yirtgan irqchi deputatga  qarshi qattiq reaksiyasi"

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g'lu, Yevropa Parlamentida (YP) irqchi Yunon deputati Ioannis Lagosga qattiq norozilik ko'rsatdi. Chavusho’g'lu, "Bu irqchi,  bizning ulug'vor bayrog'imizga    hurmatsizlik qilganlarning  qo'llarini  qanday sindirganimizni  va dengizga qanday tashlaganimizni u  juda yaxshi biladi. Yevropa  erka va  irqchi bolalariga  o’z hadini bildirsin ”deya qayd etdi.

Yeni Shafak: "Chelik:" U o'zining  xaraktersiz ekanini namoyish etdi "

Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (AK Partiya) matbuot  vakili O'mer Chelik kecha  bergan  bayonotida APda  turk bayrog'ini yirtgan irqchi yunon deputatga reaksiya  ko’rsatib "Agar YP demokratiyani rivojlantirish o'rniga irqchilarga taslim bo'lsa, bu Yevropa qadriyatlarini yo'q qilishni istaganlarning manziliga aylanadi. Yunon irqchi deputat faqat o'zining  xaraktersiz ekanini  namoyish etdi” dedi.

Vatan: "Tashqi ishlar vazirligining  Makronga keskin reaksiyasi "

Turkiya  Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi  Hami Akso’y, , Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Turkiyaga qarshi haqiqatdan uzoq kun tartibi  yaratishga uringanini  ma'lum qildi. "Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron   bugun Yunoniston Bosh vaziri bilan o'tkazgan qo'shma matbuot anjumanida, yana bizning mamlakatimizga qarshi  haqiqatdan uzoq da'volar  bilan kun tartibini yaratishga harakat qildi deb  baholagan Akso’y, Liviyada 2011 yilda  boshlagan inqirozning asosiy javobgari  Fransiya  o’zi  ekanligini ta'kidladi.

 

Sabah: "General Guler Rossiyalik hamkasbi bilan telefon orqali uchrashdi"

Kecha Bosh shtab boshlig'i general Yashar Guler Rossiya Bosh shtab boshlig'i general Valeriy Gerasimov bilan  telefon orqali uchrashdi. Uchrashuv davomida Idlibdagi voqealar yuzasidan fikr almashildi.

Hurriyat: "Ara Gulerning asarlari  Rimda"

2018 yilda vafot etgan  foto jurnalist Ara Gulerning asarlarini dunyoning muhim shaharlariga olib borib tanitish doirasida  Italiyaning poytaxti Rimda  san'at ixlosmandlari   xizmati taqdim etildi. Prezidentlik tomonidan Ara Guler muzeyi va Arxiv va tadqiqot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Ara Guler fotosuratlari ko'rgazmasi" Italiyada 3-mayga qadar tarixiy Trastever muzeyida tomosha qilish mumkin.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yangiliklar , #Sharhlar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar