Matbuot sharhlari 13.12.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1322868
Matbuot sharhlari 13.12.2019

 

                           

Yeni shafak gazetasi: “Ibrohim Kalin:Hech qanday hükmi yo’q” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin AQSh senati tomonidan 1915 yildagi arman voqealarini “qatliom” deb tan olgan qaror taklifini qabul qilishiga doir “Hech qanday hukmi bo’lmagan bu qaror siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan Turkiyaning haqli uslubini o’zgartira olmaydi”,-dedi.

Ibrohim Kalin bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

“AQSh senatining tarixdagi notog’ri tushunchani siyosiy o’yinga aylantirganligini qat’iyan qoralaymiz. Hech qanday hukmi bo’lmagan bu qaror Turkiyaning siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan haqli uslubini o’zgartira olmaydi”,-deb yozadi Ibrohim Kalin tvitterdagi sahifasida.

 

Hurriyat gazetasi: “Mavlud Chavushog’li: Isroil hayolini ro’yobga chiqara olmaydi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li kecha Marokash poytaxti Rabotda Islom hamkorlik tashkilotining 50 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ma’ruza qildi.

Falastin xalqining haq-huquqini qo’lga kiritishning birgina yo’li musulmonlar ittifoqini tuzish ekanligini ta’kidlagan Mavlud Chavushog’li: “Isroil Falastin yurtida etnik tozalash va irqchi rejim joriy etish hayolini hech qachon ro’yobga chiqara olmaydi”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Turkiya va Rossiyadan 15-qo’shma patrul harakati” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, turk va rus harbiylari Firot sharqida joylashgan Rasul-Ayn va Qamishli hududlarida 15-qo’shma patrul harakati o’z nihoyasiga yetdi.

 

Sabah gazetasi: “Kruiz kemalari “Marella dream” va “Amera” Antaliyada” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Malta bayroqli “Marella Dream” va Bahama bayroqli “Amera” nomli kruiz kemalari kecha Antaliyaning Alaniya tumanidagi portga kelib to’xtadi.

Malta bayroqli kruiz kemasida 605 nafar ekipaj xodimi va 1454 nafar ingliz sayyoh borligi ma’lum bo’ldi. Bahama bayroqli ikkinchi kemada esa, 426 nafar ekipaj va 398 nafar nemis yo’lovchi borligi ma’lum bo’ldi.

Sayyohlar Alaniya bozori, Alaniya qal’asi va boshqa tarixiy-turistik maskanlarni ziyorat qildilar.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar