Matbuot sharhlari 05.12.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1318029
Matbuot sharhlari 05.12.2019

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdo'g’an, Suriya tuproqlariga ko’z tikkanlardan hududni tark etishlarini so’radi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an gap Turkiyaning milliy xavfsizligi haqida esa unda Turkiya hech kimdan ruxsat olib o’tirmay amaliyot uyushtira oladigan davlat ekanligini qayd etdi. Terroristlar Suriyani tark etgunga qadar hududdan chiqilmasligini ifoda etgan Erdo’g’an, “Turkiya Suriya tuproqlariga ko’z tikkani yo’q ammo lekin ko’z tikkanlar iltimos, hududni tark etsinlar” dedi.

Star gazetasi: Turkiya NATO sammitida ko’zlaganini oldi. AQSh Turkiyaning e’tirozlariga qaramay YPGning terror tashkiloti deb tan olinishiga to’siqlik qilar ekan Turkiya ham Boltiqbo'yi davlatlarining yangi mudofaa rejalarini rad etishdagi qarorliligidan voz kechmadi. Ortidan NATO tarkibidagi davlatlarning liderlar sammiti boshlar ekan Anqara undan xohlagan natijasini qo’lga kiritdi. NATO Bosh kotibi Jens Stoltenbergning bayonnomasiga ittifoq tomonidan 2015-yili chop etilgan va YPGning terror tashkiloti ekanligi qayd etilgan satrlarga iqtibos keltirgan holda, “Terrorizm barcha turlari va ko’rinishi bilan hammamiz uchun xavf tug’dirishni davom ettirmoqda” degan moddasi ilova etildi.

Yeni Shafak gazetasi: Turkiya Sharqiy O’rta yer dengizida o’ynalgan o’yinga to’siqlik qildi. Turkiya bilan Liviya o’rtasida qo’l qo’yilgan dengiz yurisdiksiyasi hududini cheklash haqidagi shartnomani baholagan Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do’nmez, “Mazkur shartnoma orqali Sharqiy o’rta yer dengizida Turkiyani tenglik va o’yindan chetlatishga uringan faoliyatlarga monelik qilindi” dedi. Do’nmez, “Liviya bilan Turkiyani bu o’yindan chetlatmoqchi edilar. Bu shartnoma xalqaro dengiz huquqlariga ko’ra ham to’g’ridir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Sabah gazetasi: 2020-yil Turkiya yili. Turk iqtisodiyotidagi jadal tiklanish mahalliy va chet ellik investorlarning ishtahasini oshirdi. Mamlakatda 2020-yili jadal o’sish va chet el sarmoyalari kirishining tezlashtirilishi kutilmoqda. Dunyoda to’g’ridan-to’g’ri chet el sarmoyalari 13 foizga kamayar ekan Turkiyada hatto 2018-yili ham chet el sarmoyalari ortdi. Shunday ekan 2020-yili 15 milliarddan ortiq chet el sarmoyasi kirishi kutilmoqda.  

Hürriyet gazetasi: Dunyoning sayyohlar eng ko'p tashrif buyuradigan shaharlar reytinggi e'lon qilindi. Ro’yhatda Turkiya ikkinchi qatorga kiritildi. Angliyaning tarmoqlar, mamlakatlar va iste'molchilar ustidan dunyo miqyosida strategik tadqiqot ishlari olib borgan tashkiloti Euromonitor International, sayyohlar eng ko'p tashrif buyuradigan shaharlar reytinggi e'lon qilindi. Ro’yhatda Turkiyaning Istanbul va Antaliya shahri ham o’rin oldi. Unga ko’ra 2018-yili Istanbulga 13 million 433 ming, 2019-yili esa 14 million 715 ming 900 kishi tashrif buyurgan; Antaliyaga esa 2018-yili 12 million 418 ming 800, 2019-yili esa 13 million 332 ming 100 kishi tashrif buyurgan.



Aloqador xabarlar