Matbuot sharhlari 20.11.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1309515
Matbuot sharhlari 20.11.2019

Star gazetasi: Prezident Erdo'g’an: “AQSh bilan F-35 masalasida til topisholmagudek bo’lsak unda boshqa yo’llar qidiramiz” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Amerika Qo’shma Shtatlarining F-35 urush uchoqlari masalasida Turkiyaga nohaqlik qilganligini qayd etdi. Turkiyaning F-35 ning loyiha va ishlab chiqarilishi bo’yicha sherik ekanligini ta’kidlagan Erdo’g’an, “Bu loyiha doirasida zimmamizga tushgan 2.1 milliard dollarning 1.4 milliardini to’ladik. Shunga qaramay F-35 masalasida til topisholmagudek bo’lsak unda Turkiya o'rta muddatli ehtiyojlarni qondirish uchun boshqa yo’llarni qidirishga majbur” dedi.

Vatan gazetasi: NATO Turkiyaning e’tiborini o’ziga qaratgan bayonotlar berdi. NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Turkiyaning eng ko’p muhojirga quchoq ochgan NATO ittifoqdoshi ekanligini qayd etdi. Turkiyaning ko’plab terror hujumiga maruz qolganligiga e’tibor qaratgan Stoltenberg, shuning uchun ham Turkiyaning tashvishlanishda haqli ekanligini bildirdi.  

Haber Türk gazetasi: Turkiyaning chet eldagi boyliklari ortdi. Turkiya Respublikasining Markaziy banki tomonidan 2019-yilning sentabr oyiga oid xalqaro investitsion pozitsiyalari to'g'risidagi ma'lumotlari e’lon qilindi. Sentabr oyida Turkiyaning chet eldagi boyliklari 247.5 milliard dollarga yetdi. Bunga ko’ra sentabr oyidagi Turkiyaning chet eldagi boyliklari 2018-yilning oxiriga solishtirganda 8 foizga ortganligini aytish mumkin.

Hürriyet gazetasi: Yaqinda birjada kechki savdo boshlanadi. Birja Istanbul Bosh direktori Hakan Atilla tomonidan yaqinda boshlashi e’lon qilingan birjadagi kechki seans haqida batafsil ma’lumotlarga erishildi. Ilk seansning 17-yanvar kuni boshlashi rejalashtirilmoqda. Indeks, valyuta va qimmatli qog'ozlar bo'yicha shartnomalar soat 19.00 dan 23.00 gacha davom etadi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya Milliy futbol terma jamoasining eng muvaffaqiyatli o’yini. Turkiya Milliy futbol terma jamoasi EURO-2020 yo’llanmasini qo’lga kiritar ekan unda jamoa, murabbiyi Shenol Gunesh yetakchiligida tarixning eng a’lo darajadagi o’yinini namoyish etdi. Chunki Turkiya, EURO-2020 saralash bosqichini o’z darvozasiga gol kiritmay tamomladi.

 



Aloqador xabarlar