Matbuot sharhlari 12.11.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1304959
Matbuot sharhlari 12.11.2019


                          

Hurriyat gazetasi:““Tinchlik bulog’i” harbiy operatsiyasi Fransiyaning muvozanatini buzdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Turkiyaning Suriya shimolidagi harbiy operatsiyasidan so’ng, vahima boshlanganligini va muvozanat o’zgarganligini ma’lum qildi.

“Suriya shimolida terror davlati tuzish rejalangandi. Bunga Isroil va Fransiya yetakchilik qilayotgandi. Fransiya buning azobini hech qachon unuta olmaydi. 29 oktyabr Respublika bayrami munosabati bilan o’tkazilgan rasmiy marosimlarga ham elchilarini yubormadi. Ichida shunaqangi alam borki, bu nafratga aylanmoqda. Ularning umidlari puchga chiqdi”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li.

 

Yeni shafak gazetasi: “Sharqiy O’rta Yer dengizida harbiy mashg’ulot” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiyada “Sharqiy O’rta Yer dengiz-2019” harbiy-dengiz mashg’ulotlari amalga oshirilmoqda. Mazkur mashg’ulotlarda 15 davlat ishtirok etmoqda.

Harbiy-dengiz mashg’ulotlariga 47 ta harbiy kem ava 4700 harbiy xodim qatnashmoqda. Harbiy mashg’ulotlarda do’st va ittifoqdosh davlatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirish va NATO hamkorligidagi Turk Oliy tayyorgarlik bosqichidagi dengiz kuchlari harbiylarining malakasini oshirish maqsad qilinmoqda.

 

Sabah gazetasi:“2020 yili 95 ta yangi quvur ochiladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmez Turkiya oxirgi paytlarda neft qidirish va qazib olish faoliyatlarida jiddiy tajriba qo’lga kiritganligiga e’tibor qaratdi. Vazir yoriy yilning 8 oyi ichida hom neft ishlab chiqarishda 5 foiz, tabiiy gazda 25 foiz ortish kuzatilganligini ma’lum qildi.

“2020 yilda Turkiya neftlari anonim kompaniyasi tomonidan dengiz hududlarida 5 ta, quruqlik hududlarida 85 ta bo’lib, jami 95 nafar neft qidirish quvurlari ochishni rejalashtiryabmiz”,-deb aytgan Turkiya energiya va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmez.

 

Xabar turk gazetasi: “Sun’iy zako uchun eng katta investitsiya kiritgan davlat Turkiya bo’ldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya mintaqada sun’iy zakoga katta investitsiya kiritgan davlat sifatida birinchi o’ringa chiqdi. Taxminan 3.4 mlrd dollarlik sun’iy zako texnologiyasi bilan oxirgi 10 yilda sun’iy zakoga katta investitsiya kiritgan davlat Turkiya bo’ldi. Hozirda Turkiyadagi kompaniyalarning 35 foizi robot uchuvchi texnologiyalaridan faol foydalanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya , #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar