Matbuot sharhlari 18.09.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1271738
Matbuot sharhlari 18.09.2019

 

 

Star gazetasi: “Erdo’g’anning Yevropa Ittifoqi bilan viza erkinligiga doir muzokara jarayoni haqida bayonoti” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yevropa Ittifoqi bilan viza erkinligi muloqot jarayoniga doir shartlarni bajarishga qaratilgan faoliyatlarni tezlashtirish to’g’risidagi qarori qabul qilindi.

“Fuqarolarimiz uchun viza erkinligini yaratish maqsadida viza erkinligi yo’l haritasida belgilangan shartlarni bajarishga qaratilgan faoliyatlarni tezlashtirish va Yevropa komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga doir faoliyatlarning doimiyligini ta’minlash zarur”,-deyiladi hujjat matnida.

 

Sabah gazetasi: “Tashqi ishlar vazirligidan Gretsiyaga tanqid” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Murotpashasport va Gretsiyaning PAOK jamoalari o’rtasidagi gendbol musobaqalarida yuzaga kelgan bayroq muammosi sababli ogohlantirish berdi.

“2019 yil 13 sentyabrda Selanikda Murotpasha hokimiyatsport klubi jamoasi bilan PAOK jamoasi o’rtasida bo’lib o’tgan gendbol bahslarida ro’y bergan voqea Gretsiyadagi Turkiyaga qarshi millatchi va fanatik to’dalarning qora yuzini yana bir bor ko’rsatdi. Maydonda grek bayrog’i osilgan ekan, yoniga turk bayrog’ining osilishiga to’sqinlik qilinganligini qabul qilmaymiz. Gretsiya maqomlarini yana bir bor chet el dushmanligi va shiddatga moyil ishqibozlarni sport musobaqalaridan man qilish uchun zarur chora ko’rishga chaqiramiz”,-deyiladi ogohlantirish matnida.

 

Yeni shafak gazetasi: “Teknofestda namoyish qilingan “Jezeri” nomli uchar mashinalarga e’tibor katta” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, 100 foiz mahalliy imkoniyatlar bilan 9 oyda tamomlangan parvoz qiluvchi uchar mashina “Jezeri” Teknofest festivalida namoyish qilindi. Ushbu mashinalar kelgusida shaharda transport vositasi sifatida qo’llaniladi. Uchar mashinalarni kargo xizmati yoki havo transporti sifatida xizmatga topshirish rejalanmoqda.

 

Hurriyat gazetasi: “Sayyohlar soni 11 mlndan oshdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, tabiati, dengizi, qumlog’i va quyoshi bilan sayyohlarni o’ziga jalb qilgan Antaliya xorijlik sayyohlarning dam olish maskani bo’lishda davom etmoqda.

“Turizm poytaxti” deb baholangan Antaliyaga joriy yilda 1 yanvardan 15 sentyabrgacha kelgan xorijlik sayyohlar soni 11 mln 636 ming 450 kishiga yetdi.  Natijada kundalik va 1 oylik vaqt mobaynida kelgan sayyohlar soni bo’yicha rekord qo’lga kiritildi.

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar