Matbuot sharhlari 17.09.2019

Turkiyadagi gazetalardan sharhlar...

1270978
Matbuot sharhlari 17.09.2019

 

                          

Yeni shafak gazetasi: “Eng uzoq davom etgan sammit” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Ankarada Idlib va Suriyaning taqdirini muhokama qildi. Sammit kecha soat 11:30da boshlangan o’zaro va uch tomonli muzokaralar bilan soat 21:00gacha davom etdi. Yetakchilar Suriyada vaziyatni barqarorlashtirish yo’lida siyosiy yechim ishlab chiqishga kelishib oldi.

 

Sabah gazetasi: “Prezidentdan Armanistonga e’tiroz” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidentining o’rinbosari Fuat O’ktay Ozarbayjon poytaxti Bakuda bo’lib o’tgan Ozarbayjon-Turkiya biznes forumida ma’ruza qildi.

Fuat O’ktay o’z ma’ruzasida Ozarbayjon hududlarining taxminan beshdan bir qismini qamrab olgan Armaniston ishg’oliga barham berish uchun Ozarbayjon bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilayotganligini ma’lum qildi.

“Yuqori Qorabog’ muammosini Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi doirasida va xalqaro tashkilotlarning qarorlariga muvofiq bartaraf etgan holda, jabrlangan 1 mlndan ortiq xalqni o’z ona vataniga qaytarish eng katta orzuyimizdir”,-deb aytgan Turkiya prezidentining o’rinbosari Fuat O’ktay.

 

Xabar turk gazetasi: “Teknofest dunyoning eng yirik avia festivaliga aylandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, o’tgan yili Istanbul aeroportida o’tkazilgan Teknofest bu yil Otaturk xalqaro aeroportida tashkil etilmoqda. O’tgan yilgi festivalga 200 mingdan ortiq tomoshabin ishtirok etgan bo’lsa, bu yil festivalga 500 ming kishining tashrif buyurishi kutilmoqda. Turkiyaning eng yirik texnologiyalar festivali Teknofest 17-22 sentyabr kunlari Otaturk xalqaro aeroportida o’z muhlislarini kutib qoladi.

 

Hurriyat gazetasi: “20 yilning eng yuqori rekordi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotih Do’nmez: “Milliy kompaniyamiz Turkiya neft-gaz anonim korporatsiyasi neft ishlab chiqarishda kundalik 50 ming barrildan oshib, oxirgi 20 yilning eng yuqori natijasiga erishdi”,-dedi.

2018 yili kundalik neft ishlab chiqarish hajmi 42 ming 330 barrilni tashkil qilardi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar