Matbuot sharhlari 10.09.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1266852
Matbuot sharhlari 10.09.2019

Sabah gazetasi: Turkiyaning Sharqiy O’rta yer dengizi haqidagi fikr o’zgarmaydi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li hech kimning Turkiyaning Sharqiy O’rta yer dengizidagi faoliyatlarini to’xtatolmasligini qayd etdi. Chavusho’g’li, kecha Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga bo’lgan tashrifi chog’ida Yangi Erenko’ydagi fuqarolar uchrashuvida ishtirok etdi. Mevlut Chavusho’g’li mazklur ishtiroki chog’ida so’zlagan nutqida, Turkiyaning hech ikkilanmay ShKTR xalqini qo’llab-quvvatlaganligini va qo’llab-quvvatlashni ham davom etajagini qayd etdi.  

Star gazetasi: Berat Albayrak AQShning Savdo vaziri Wilbur Rossbilan uchrashuv o’tkazdi. G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak kecha Amerika Qo’shma Shtatlarining Savdo vaziri Wilbur Ross bilan uchrashuv o’tkazdi. Berat Albayrak Istanbulda bo’lib o’tgan mazkur uchrashuv haqida Twitterda post qoldirdi. Unda Ross bilan Turkiya-AQSh o’rtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligini keng ko’lamli olaroq qo’lga olganliklarini eslatib o’tgan Albayrak, “100 milliard AQSh dollariga teng savdo hajmi uchun qarorimizning qat’iy ekanligini yana bir bor takrorladik” degan ifodalarga o’rin berdi.

Vatan gazetasi: Iyul oyidagi turar joy statistikasi ma’lum qilindi. Iyul oyida sayyohlarga atalgan mehmonxonalarning bandlik nisbati 75 foiz deb ko’rsatildi. Turkiyaning Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan iyul oyidagi turar joy statistikasi ma’lum qilindi. Unga ko’ra yilning birinchi 7 oyida sayyohlarga atalgan mehmonxonalarning 50.68 foizi band edi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya bu yil eng ko’p Rossiyaga yangi meva va sabzavot eksport qildi. Turkiya shu yilning 8 oyida dunyoning 114 ta davlatiga 1 964 812 tonna yangi meva va sabzavot eksport qilar ekan undan roppa-rosa 1 207 84 507 dollar daromad qo’lga kiritdi. Bu bo’yicha Turkiya eng ko’p Rossiyaga mahsulot sotar ekan bundan 375 386 968 dollar darodam qo’lga kiritdi.  

Hürriyet gazetasi: Turk doktor yetakchiligidagi bir guruh saraton kasalligiga qarshi kurashda ko’plab muvaffaqiyatga erishdi. Germaniyaning Kyoln shahrida umr surgan turk doktorlardan Yadigar Gench yetakchiligidagi bir guruh doktor saraton kasalligiga qarshi kurash maqsadida immunoterapiya usuli orqali yangi davolash texnikasi ishlab chiqardi. Kasalning o’z qonidan ishlab chiqarilgan jangchi hujayralarga saraton oqsillarini yuklash va onkolitik viruslardan foydalanilgan yo’l orqali saraton kasalligini davolashdagi muvaffaqiyat sezilarli darajada ortdi.     

 



Aloqador xabarlar