Matbuot sharhlari  20.08.2019

Kecha Hakkari, Shirnak va Vanda terror tashkiloti PKKga qarshi  jandarm, xavfsizlik bo'linmalari va  qishloq posbonlarining ishtiroki  bilan "Kiran operatsiyasi"  nomida bir hujum boshladi. Operatsiyani Jandarm  qo'mondoni Arif Chetin boshqaradi.

1255146
Matbuot sharhlari  20.08.2019

 

Vatan:  Terror tashkiloti PKKga qarshi Kiran nomidagi  operatsiyasi”

Kecha Hakkari, Shirnak va Vanda terror tashkiloti PKKga qarshi  jandarm, xavfsizlik bo'linmalari va  qishloq posbonlarining ishtiroki  bilan "Kiran operatsiyasi"  nomida bir hujum boshladi. Operatsiyani Jandarm  qo'mondoni Arif Chetin boshqaradi.

Star: "Turkiya -Rossiya-Ozarbayjon energiya va transport sohasidagi hamkorlik Forum bo'lib o'tadi"

Anqarada 21 avgust (ertaga) Anqara Rossiya ilmiy-tadqiqot instituti (RUSEN) tomonidan  Turkiya-Rossiya-Ozarbayjon Energiya va transport hamkorlik forum bo'lib o'tadi. Forumda Kavkaz va Markaziy Osiyoga ta'sir ko'rsatadigan hamkorlikning yangi imkoniyatlari muhokama qilinadi va uch mamlakat mutaxassislari o'zaro fikr almashadilar va muammolarga yechim taklif qiladilar.

Hurriyat: Trabzonga mahalliy va chet ellik  kelgan sayyohlar soni 5 baror ko’paydi!

So'nggi 17 yil ichida Trabzonda mahalliy, 14 million 318 ming 934, chet ellik 3 million 200 ming 625, jami 17 million 546 ming 575 kishi tashrif buyurdi, 17 yil ichida tashrif buyuruvchilar soni qariyb 5 baravar. 2002 yilda mahalliy va xorijiy Trabzonga jami 353 ming kishi tashrif buyurgan bo'lsa, 2018 yilda 5 baravar ortib 1 million 766 mingga yetdi. Joriy yilning 7 oyi davomida Trabzonga 626 ming mahalliy va xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.

Sabah:  Turk Havo Yo'llaridan  bayram davomida 2,4 million kishi foydalandi "

Turk Havo Yo'llaridan  (THY) Qurbon hayit bayramida  jami 2 million 380 ming yo'lovchi  foydalangan.  Bayram dam olish kunlarida dunyoning 125 mamlakatiga jami 15 ming 269 ta reys uyushtirdi  va   parvozlarda to’lalik nisbati 85,83 foizni tashkil etdi.

Yani Shafak: "Turkiyaning  jahonda salohiyatga ega 4 mahsuloti "

Turkiya, dunyoda findiq ishlab chiqarishda 67 foiz,  olchada 26 foiz,  anjirda 27 foiz va  o’rikda esa  23 foizni  o’zi yolg'iz ishlab chiqarmoqda . Umuman olganda, ushbu mahsulotlarning eksport daromadlari qariyb 2,2 milliard dollarni tashkil etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yangiliklar , #Matbuotidan , #Turk

Aloqador xabarlar