Matbuot sharhlari 15.08.2019

Turk matbuotidan sharhlar...

1252846
Matbuot sharhlari 15.08.2019

 

                              

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an Indoneziya prezidenti bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Indoneziya prezidenti Joko Vidodo bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog’ida Erdo’g’an va Vidodo bir-birini Qurbon xayit bayrami bilan tabrikladi.

 

Star gazetasi:“Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi: Chegara zonasida dronlar xizmat qila boshladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya milliy mudofaa vazirligi Suriya shimolida xavfsizlik hududi tashkil qilishga doir faoliyatlar doirasida uchuvchisiz havo vositalari ya’ni harbiy dronlar (IHA) xizmatni bajarishga kirishdi.

 

Hurriyat gazetasi:“Turk oqimi” magistrali qurilishining 95%i yakunlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Rossiya tabiiy gazini Turkiyaga yetkazadigan va u yerdan Yevropaga yetkazadigan “Turk oqimi” tabiiy gaz quvur tarmog’ining Fraqiya sohilida joylashgan qabul qilish stansiyasidagi qurilish faoliyatlarining 95 foizi yakunlandi. “Turk oqimi” loyihasidan mas’ul kompaniya ma’lum qilishicha, faoliyatlar belgilangan reja asosida davom etmoqda. 2019 yil yakunida quvurlardan tabiiy gaz oqishi boshlanadi.

 

Xabar turk gazetasi: “Mug’lada kruiz turizmi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Malta bayroqli “Horizon” kruiz kemasi O’rta yer dengiziga sayohat doirasida Mug’laning Marmaris tumaniga keldi. Marmaris Kruiz portiga kelib to’xtagan kemada 1610 nafar ispan sayyoh bilan 607 nafar ekipaj borligi ma’lum bo’ldi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Och moviy plyaj 4 kunda 25 ming sayyohga xizmat berdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Antaliyaning Kash tumani Qurbon xayit munosabati bilan sayyohlarga to’lib toshdi. Kash va Qalqon tumani o’rtasida joylashgan Kaputash plyaji tarixidagi eng gavjum kunlardan biriga guvoh bo’ldi. Moviy dengizi bilan mashhur bo’lgan plyaj arafa va Xayit bayrami kunlari tahminan 25 ming kishiga xizmat qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar