Matbuot sharhlari 23.07.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1240730
Matbuot sharhlari 23.07.2019

Vatan gazetasi: Poytaxt Anqarada AQSh hay’ati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Amerika Qo’shma Shtatlarining Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakili James Jeffrey yetakchiligidagi hay’at Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal yetakchiligidagi guruh bilan uchrashuv o’tkazdi. Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra mazkur uchrashuvda siyosiy jarayon, Idlibdagi xavfsiz hudud va yangi konstitutsiya tuzish qo’mitasining vazifalari qo’lga olingan.

Sabah gazetasi: Mevlut Chavusho’g’li F-35 va S-400 lar haqida bayonot bedi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li S-400 zenit-raketa tizimlari tufayli AQSh tomonidan yaratilgan mashmashali F-35 haqidagi bayonotlari ortidan Turkiyaning qanday yo’l tutishi haqida ma’lumot berdi. Tashqi ishlar vaziri bu haqida S-400 lar uchun turli yo’llar qidirilganlini, natijada Rossiya bilan kelishib olinganligini eslatib o’tgan holda, “Turkiya o’zi ishlab chiqarmaguniga qadar ehtiyojlarini boshqa yo’llardan qondirishni davom ettiradi. Bu mamlakatning eng tabiiy haqqidir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Yeni Shafak gazetasi: S-400 larni birgalikda ishlab chiqarish masalasi ustidan olib borilgan uchrashuvlar davom etmoqda. Rossiyaning “Rosteh” milliy mudofaa sanoati firmasi raisi Sergey Chemezov, S-400 zenit-raketa tizimlarining ma’lum bo’lakchalarini litsenziyalangan mahsulot sifatida Turkiyada ishlab chiqarilishi ustidan olib borilgan uchrashuvlarning davom etganligini qayd etdi. “Raqiblarimizning munosabatimizga bo’lgan aralashuv tashabbuslarini muvaffaqiyatli ravishda ortda qoldirmoqdamiz” degan Chemezov, “Turkiya bilan aviatsiya, vertolyot ishlab chiqarish va energiya tarmoqlarida hamkorligimizni orttirishga tayyormiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Star gazetasi: Yevropa ittifoqi Turkiya masalasida ogohlantirildi. Turkiyaning do’sti, sobiq Shvetsiya Bosh vaziri Carl Bildtning “Financial Times” gazetasida chop etilgan maqolasida YI, Turkiya masalasida ogohlantirildi. Bildt o’z maqolasida YIning Turkiya bilan bo’lgan munosabatini buzish ham doxil bir necha masalada jiddiy xatoga yo’l qo’yganligini eslatib o’tgan holda, ittifoqning yaqinda yakkalanib qolishi mumkinligini qayd etdi. Bildt, Yevropaning o’zini qayta tiklashi kerakligini ham eslatib o’tar ekan ayni vaqtda, “Muhojirlar masalasida Turkiya bilan bo’lgan munosabat qarama-qarshi yo’nalishga chiqib ketdi. YI, yirik kuchlar kurashgan yangi davrda jiddiy aktyor bo’lishga majbur. Aks holda yo yakkalanib qoladi, yoki yana-da yomon ishlar bo’ladi” dedi.

Hurriyet gazetasi: Turkiyaning Tripolidagi elchixonasi, ko’chirish iddiolarining yolg’on ekanligini ma’lum qildi. Turkiyaning Tripolidagi elchixonasi, elchilik binosining ko’chirilishi haqidagi iddiolarning yolg’on ekanligini qayd etdi. Elchilik tomonidan facebook orqali berilgan yozma ravishdagi bayonotiga ko’ra, ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi arab tilidagi postlarda, elchixona binosining ko’chirilishi haqida yolg’on va maqsadli xabarlarning o’rin olganligiga o’rin berildi. Elchixonaning Tripolidagi faoliyatlarini davom etayotganligi ta’kidlangan bayonotda, elchilikning Liviya xalqi bilan birdamlik ichida ekanligi ham bildirildi.

 



Aloqador xabarlar