Matbuot sharhlari 16.07.2019

Turkiyada chop etilgan gazetalardan sharhlar...

1236420
Matbuot sharhlari 16.07.2019

                         

Vatan gazetasi: “15 iyul voqealariga uch yil to’ldi!” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyada 15 iyul voqealariga uch yil to’lar ekan, mamlakat bo’ylab Fathulloh Gulen harakatining davlatni to’ntarishga urinish tashabbusi bostirilgan kun - 15 iyul demokratiya va milliy birdamlik kuni munosabati bilan parad namoyishi o’tkazildi.

Qo’llarida turk bayroqlari bilan maydonlarni to’ldirgan millionlab insonlar “To’ntarishga qarshimiz, demokratiyaga bormiz”, “Shahidlar o’lmas, vatan bo’linmas” degan shiorlar bilan chiqdi. Ular 15 iyul voqealarida halok bo’lgan shahidlarni hurmat bilan yodga oldi.

 

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an: Shahidlarni unutganning yuragi qurir” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 2016 yil 15 iyulda sodir etilgan harbiy isyonning ramziga aylangan Otaturk xalqaro aeroportida xalqqa hitob qildi.

Erdo’g’an xalqqa hitobida, “To’ntarishga urinish sodir etilgan kecha xalqning farovonligi va mamlakat istiqbolini saqlab qolish uchun harbiy samolyotlar, tanklar va qurollar oldida qalqon bo’lib, jonini fido qilgan qahramon xalqning har bir fuqarosiga samimiy salom aytaman. To’ntarishga urinish tashabbusida halok bo’lgan 251 shahidni aslo unutmaymiz. Shahidlarni unutganlarning yuragi qurir”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Vashington Postda 15 iyul voqealari” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Amerika Qo’shma Shtatlaridagi taniqli gazetalardan biri Vashington Postda “Fathullohchi terror tashkilotining jinoyatlari oldida adolat qaror topishini talab qilamiz” nomli maqola chop etildi.

Maqolada, jasur turk xalqining isyonni bostirish jarayonida 250 dan ortiq inson halok bo’lganligi, 2000 dan ortiq inson jarohatlanganligi eslatildi. Turkiyada davlatni to’ntarishga urinishni sodir etishda ayblangan Fathulloh Gulenning Turkiyaga ekstraditsiya qilinishi kerakligi qayd etildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Prezident Erdo’g’an: Maqsad S-400ni hamkorlikda ishlab chiqarish” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualari yuklangan 8-samolyot Turkiyaga kelib qo’nganligini ma’lum qildi.

“Havo mudofaa tizimlari bo’yicha dunyoda sanoqli davlatlar qatoridan joy olyabmiz. Maqsadimiz kelgusida Rossiya bilan hamkorlikda S-400 majmualarini ishlab chiqarishdir. Buni uddalaymiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar