Matbuot sharhlari 09.07.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1232645
Matbuot sharhlari 09.07.2019

Yeni Şafak gazetasi: “Prezident Erdo'g’an, S-400 lar yuklanmoqda” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Bosniya va Gertsegovinaga bo’lgan tashrifi oldidan Istanbulda bergan bayonotida S-400 zenit-raketa tizimlarinig topshirilishi masalasiga to’xtalar ekan bu haqida, “Hozirda safar tayyorgarligi davom etmoqda. Yuklash ishlari davom etmoqda. Joylashtirish rejalari, qayerga o’rnatish masalalasi Milliy Mudofaa vazirligimiz bilan Turk Qurolli kuchlarining Bosh shtab Boshqarmasi masuliyatidadir. Yurtimiz, dunyomiz uchun yaxshilik olib kelsin” deya gapirdi.

Sabah gazetasi: Prezident Erdo'g’an, ijtimoiy tarmoqda 15-iyul voqeasiga e’tibor qaratdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, 15-iyul Demokratiya va milliy ittifoq kuni munosabati bilan Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi koordinatsiyasida olib boriladigan tadbirlarda foydalanish maqsadida tayyorlangan 15-iyul logotipini, Twitter orqali kuzatuvchilari bilan bo’lishdi.

Star gazetasi: Turk kinolari Amerika kinolariga qaraganda samimiyroq. “12 shrift TRT Senariy kunlari”ning mustaqil hakamlar hay’ati a’zosi sifatida Istanbulga kelgan “Oscar” mukofotlari taqdim etgan Kinematografiya san’ati va fani akademiyasi raisi John Bailey, “Turk filmlari menga judayam yoqdi. Amerika filmlariga o’xshamaydi. Unga qaraganda samimiyroq” dedi.

Hürriyet gazetasi: Arapapishti kanoni hammani o’ziga rom etdi. Turkiyaning Aydin viloyatining Bozdog’an tumanidagi Arapapishti kanoni mahalliy va chet ellik sayyohlarning sehrli maskaniga aylandi. Aydinning Denizli va Mug’la tumanlari o’rtasida o’rin olgan Arapapishti kanoni dunyoning sakkizinchi mo’jizasi degan nom bilan ham tanilmoqda. 2017-yilning aprel oyida turizm tarmog’ida rivojlanib, qayiq safarlari boshlagan Kemer to'g'onida o’rin olgan kanonga, har kuni qariyb 2 ming kishi tashrif buyurmoqda.

Vatan gazetasi: Turk havo yo’llarining “Maçka” uchog’i shahid Eren Bulbul xotirasiga atab Trabzonga safar qildi. Turk havo yo’llari flotiga qo’shilgan Boeing 787-9 Dreamliner rusumidagi “Maçka” deb nomlangan uchog’i birinchi safarini 16 yoshida PKK terror tashkiloti tomonidan shahid qilingan Eren Bulbul xotirasiga atab Istanbul-Trabzon yo’nalishida amalga oshirdi.



Aloqador xabarlar