Matbuot sharhlari 02.07.2019

Liviyada Hafter kuchlari hibsga olgan 6 nafar Turk fuqarosi qutqarildi. olingan ma’lumotga ko’ra,  6 nafar Turk kemachi, kemaning egasi tomonidan xavfsizlik kuchlari qo’lidan olib takror kemaga olib borildi. Turk fuqarolari  hibsga  olinishiga  Turk Tashq

1228540
Matbuot sharhlari 02.07.2019

 

"Yenishafak"6 nafar fuqaro  qutqarildi "

Liviyada Hafter kuchlari hibsga olgan 6 nafar Turk fuqarosi qutqarildi. olingan ma’lumotga ko’ra,  6 nafar Turk kemachi, kemaning egasi tomonidan xavfsizlik kuchlari qo’lidan olib takror kemaga olib borildi. Turk fuqarolari  hibsga  olinishiga  Turk Tashqi ishlar  vazirligi   qattiq reaksiya ko’rsatgan edi.

Satar “ TANAP, Yevropaga gaz yetkazib  berishga tayyor”

Janub Gaz koridorining eng uzoq halqasi bo’lgan Trans Anado’li tabiiy gaz quvuri, (TNAP) 1- iyuldan boshlab Ozarbayjon gazini Yevropaga  yetkazib beradigan vaziyatga kelganini bildirdi. Turkiya- Gretsiya chegarasida Trans Adriatika tabiiy gaz quvuri (TAP) tugagandan keyin, Ozarbayjon gazi kelgusi yildan e’tiboran Yevropa bozoriga  yetkazib beriladi.

Star "30 mamlakatning quyoshi Antaliyadan tug'iladi"

CW Turkiyaning energiya ishlab chiqarish quyosh panellari bozor rahbari, 30 mamlakatlarga panel  eksport qilmoqda. CW Energiya Bosh direktori Vo’lkan Yilmaz, "Turkiya Yevropadagi liderligini dunyoda davom ettirmoqchi ," deydi u.

Hurriyat "Edirnedagi mehmonxonalarda o’rin qolmadi !"

Edirne shahrida 658 yillik uzluksiz tarixiy Kirkpinar  yog’li kurashning amalga oshirilishi, mehmonxonalardagi to'lalik nisbati  yuz foizga yetdi. Oylar oldindan qilingan  o’rin ajratishlar  bilan shahardagi mehmonxonalarda o’rin qolmadi. shaharning markaz  aholisi  qadar sayyoh shaharga tashrif buyurdi. Edirnelik  fuqarolar, mehmonlarni   o’z uylarida   mehmon qilishga boshladi.  

Haberturk "Mehmonlar soni borgan sarin ortdi"

Antaliya bilan  Mug'lani  bir- biridan  ajratib turadigan dunyodagi eng katta kanyonlardan biri bo'lgan Saklikent, ziyorartchi soni  juda ham oshdi. 18 kilometrlik kanyon 200 metr balandlikdagi tik yanbog’irlar orasida, suv o'tishi qiyin parkurlaridan  biri bo'lgan qiyin yo'llar bilan ajralib turadi. Kanyonga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar turli tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.

 


Tanlangan kalimalar: #Turk matbuotidan

Aloqador xabarlar