Matbuot sharhlari 01.04.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1174619
Matbuot sharhlari 01.04.2019

 

 

Sabah gazetasi: “Butun dunyo yetakchilaridan Turkiya prezidentiga tabrik” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Bosniya Gersegovina prezidentlik kengashi rahbari Milorad Dodik va Demokratik namoyish partiyasi rahbari Bakir Izzetbegovich, Albaniya bosh vaziri Edi Rama bilan Gine prezidenti Alpha Konde va boshqa davlat rahbarlari Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga qo’ng’iroq qilib, saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi.

 

Vatan gazetasi: “Turk havo yo’llari Istanbul aeroportidan 405 mingdan ortiq yo’lovchini manzilga eltdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turk havo yo’llari aviakompaniyasi direktori Bilol Ekshi tvitterdagi sahifasida “Istanbul aeroportida yo’lovchi sonini 405 mingdan oshirdik. Istanbul aeroportida bugungacha 3214 ta reysni amalga oshirdik va 405 mingdan ortiq yo’lovchiga xizmat berdik. Yirik loyihalar bilan 2023 yilga qadar o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishamiz”,-deb yozdi.

Dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri bo’lgan Istanbul aeroporti 2018 yilning 29 oktyabr kuni ochilgan edi.

 

Star gazetasi: “Yangi milliy tizim bilan dengiz flotiga boshqa dengizlarda harakatlanish qobiliyati” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, mahalliy va milliy imkoniyatlar bilan turk muhandislari tomonidan dengiz flotidagi barcha kemalarga qo’shma harakat qobiliyatini ta’minlaydigan ADVENT tizimi ishlab chiqildi.

Ushbu tizim bilan Qora dengiz va Marmara dengizidagi harbiy kemalar bir paytning o’zida qo’shma harbiy amaliyotlarda ishtirok eta oladi. Hozirda qurilishi davom etayotgan va kelgusida quriladigan barcha harbiy kemalarda ham yangi avlod ADVENT milliy harbiy boshqaruv tizimi qo’llaniladi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Tabiiy tosh eksporti 25 yilda 33 barobarga oshdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaga yilda 2 mlrd dollar valyuta olib kelgan turk tabiiy tosh sektori Izmirdagi MARBLE yarmarkasida butun dunyodan kelgan minglab eksportchilarga mezbonlik qildi.

Yarmarkaga 1100 ga yaqin firma ishtirok etdi. Bulardan 209 nafari xorijlik firmalardan tashkil topgan. Dunyo bo’yicha tabiiy tosh zahiralarining 35 foiziga ega bo’lgan Turkiya yilda 2 mlrd dollarni tashkil qilgan tabiiy tosh eksportini 7 mlrd dollarga chiqarishni maqsad qilmoqda.

 

Hurriyat gazetasi: “Ingliz gazetasi shunday yozdi:Qora dengiz taomlarining lazzati og’zimda qoldi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Buyuk Britaniyada nashr qilingan The Guardian gazetasining yozuvchisi Karolina Eden Turkiyaning Qora dengiz mintaqasiga sayohat qilib, u yerdagi lazzatli taomlarni birma-bir tanitdi.

U Istanbuldan transport vositasida Qora dengizga keldi va tavsiya qilingan barcha yeguliklardan tatib ko’rishga harakat qilganligini yozdi. Qora dengiz yeguliklari lazzatli va ayni paytda arzon ekanligini ma’lum qilgan Eden, dunyoga eksport qilinayotgan findiq, ya’ni turk yong’og’ining 70 foizi Turkiyaning Qora dengiz mintaqasidan ta’minlanganligini eslatdi. Jurnalist Karolina Eden “Qora dengiz yeguliklarining lazzatli ta’mi og’zimda qoldi”,-dedi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar