Matbuot sharhlari 28.03.2019

Turkiya terror tashkiloti PKKga katta zarba urdi.

1172243
Matbuot sharhlari 28.03.2019

 

 

Sabah: “Altun: PKKga zarba urildi"

Prezidentlik Aloqa Bo'limi rahbari Fahrettin Altun, twitterda, Milliy Razvetka Tashkiloti va Turk Quroli Kuchlarining (TSK) mushtarak operatsiyasida, bo'lg'inchi terror tashkiloti PKKning to'da boshi Jemil Bayinning yaqin odamlaridan Riza  Altun va hamrohligidagilar Qandilda uyushtirilgan havo operatsiyasi natijasida ta'sirsiz holga keltirilganini bildirdi. Altun, "PKKli terroristlarning Riza Altun va hamrohligidagilar xavfsizlik kuchimiz maqsadni muvaffaqiyatli shaklda nishonga oldi. Davlatimiz terrorizmga qarshi kurashda doston yozmoqda" deb mulohaza bildirdi.

 

Xabar Turk: “Vazir Pekjan: Barcha ishlar elektronik muhitda olib borilgan qog'ozsiz eksport davri boshlanadi"  

Eksportni elektron muhitda olib borish jarayoni boshlanadi. Tijorat vaziri Ruhsar Pekjan, eksportda yangi davr boshlaganiga diqqat qaratdi. Barcha faoliyatlar elektron muhitda olib borilgan qog'ozssiz eskport davri boshlanishini ifoda etgan Pekjan shunday qilib muhim o'zgarish bo'lishini bildirdi.

 

Hurriyat: “Nemis shirkati Istanbul aeraportidan havo safarlarini boshlatadi"

Nemis havochilik shirkati Lufthensa, 7- apreldan e'tiboran Turkiyada Istanbul eraportidan havo safarlarini boshlatishga tayyorlanmoqda. Shirkatdan berilgan bayonotda, Istanbul aeraportining xalqaro havo yo'li shirkatlari uchun jozib holga kelgandan keyin, Lufthansa, Ataturk aeraportidan ko'chadi. Yangi aerapordan foydalanadigan Lufthansa yo'lovochilari uchun tarif, narx, havo maydonini uch harf bilan "IST" deb qisqartirgan va boshqa imkoniyatlari ham ayni shaklda bo'ladi.

 

Star: “Turkiya yordam berdi"

Turkiya Davlat Fondi (TDF), Suriyada urush jabrdidasi 40 mingdan ko'p yetim bolani tibbiy ko'rikdan o'tkazdi. TDF, ikki yil avval boshlatgan dastur doirasida Suriyada ichki nizod tufayli salomatlik xizmatidan mahrum bo'lgan yetimlarni, Turkiyadan kelgan ko'ngilli  shifokorlar soyasida salomatlik tekshiruvidan o'tkazmoqda. Tekshiruv natijasiga ko'ra yetimlarga tekinga dori-darmon bermoqda.

 

Yeni Shafak: “ATAK Braziliya'da shou o'tkazdi”

Lotin Amerikaning eng ulkan mudofaa sanoat ko'rgazmasida namoyish etilgan T129 Atak vertalyoti ilk safarini Braziliya Forte Ricardo Kirk Havo maydonida o'tkazdi. Braziliya matbuoti ushbu parvozga katta qiziqish ko'rsatdi, marosimga qatnashgan uchuvchilar va harbiylar, ikki davlat uchuvchilari birga boshqargan T129 Atak vertalyotining safari va kuchini diqqatli kuzatib bordi.


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar