Matbuot sharhlari 27.03.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1171356
Matbuot sharhlari 27.03.2019

Star gazetasi: Erdo'g’an, “Kimning tuprog’ini, kimga beryapsan”. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat rahbari Donald Trumpning Suriyaning Go’lan tepaliklari ustida Isroilning mustaqilligini rasmiy ravishda tan olganligini e’lon qilgan qarorga qo’l qo’yishiga yana bir bor e’tiroz bildirdi. “Trump, kimning tuprog’ini, kimga beryapsan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qaroriga ko’ra u yer Suriya tuprog’idir” degan Erdo'g’an, “Yevropa ittifoqi ham, Islom hamkorlik tashkiloti sifatida biz ham, Rossiya va Xitoy ham buni qabul qilmaymiz. Shunday ekan BMT Xavfsizlik kengashidan bunday qarorni chiqarishing imkonsiz. Biz qaysi dunyoda umr suryapmiz” degan ifodalarga o’rin berdi.    

Vatan gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Go’lan tepaliklari masalasida arab davlatlariga e’tiroz bildirdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li AQSh Davlat rahbari Donald Trumpning Suriyaning Go’lan tepaliklari masalasida qo’l qo’ygan hujjatga e’tiroz bildirdi. Mevlut Chavusho’g’li, “AQSh Davlat rahbari Go’lan tepaliklarini ishg’olchi Isroilning tuproqlari deb tan oldi. U qo’l qo’ygan hujjat oldida, mintaqadagi arab davlatlari hech qanday e’tiroz bildirmadi” dedi. Bu masalaga qarshi eng avvalo Turkiyaning e’tiroz bildirganini eslatib o’tgan Chavusho’g’li, “Bunga qarshi hatto Yevropa ittifoqi ham e’tiroz bildirar ekan ba’zi arab davlatlari AQSh va Isroildan qorqqani uchun indamay, jimjirtkina o’tiripdi” deya gapirdi.    

Haber Turk gazetasi: Hintlik ishbilarmon Manpreet Singh: “Turkiyaga investitsiya kiritishning ayni vaqti” dedi. Hindiston Xalqaro Savdo palatasi rahbari Manpreet Singh, o’z yurtidagi ishbilarmonlar uchun Turkiyaga investitsiya kiritishning ayni vaqti ekanligini yetkazdi. Turkiyaning, Yevropa va Yaqin Sharq o’rtasidagi asosiy markaz ekanligini belgilab o’tgan Singh, “Shuningdek Yevropa ittifoqi bilan munosabatlari yaxshi bo’lgan ko’plab Turk firmalari mavjud. Bu borada ham Hint firmalari Turk firmalaridan foydalanishi mumkin” dedi.

Hurriyet gazetasi: 2019-yili sayyohlar sonida 15 foiz ortish kuzatilishi kutilmoqda. Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, 2019-yilgi turizm tarmog’idan nimalar kutganligi haqida gapirdi. Sayyohlar sonida 15 foizlik ortish kutganliklarini eslatib o’tgan Nuri Ersoy, oldindan o’rin ajratkanlar sonida keskin ortish borligini ta’kidladi. Shuningdek, “Bu raqam yozga yaqin yana-da ortishi mumkin. Turkiya 2019-yilgi mavsumga yaxshi kiradi” dedi. Madaniyat va turizm vaziri, “Turizm mavsumini yana-da uzoq davom ettirish va yana-da ko’proq sayyoh kelishini ta’minlash uchun san’at bilan butunlashkan turizm tushunchasi ustida ish olib borayotganliklarini belgilab o’tdi.

Yeni Shafak gazetasi: Turkiya 2023-yili 50 tonna oltin ishlab chiqarmoqchi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri o’rinbosari Mithat Jansiz, Turkiyaning 2000-yilgacha oltin ishlab chiqarmaganligini eslatib o’tgan holda, “Turkiya 2013-yili 33.5 tonna oltin ishlab chiqarish orqali katta muvaffaqiyatga imzo chekdi. Bu raqam 2018-yili 27.1 tonnaga tushdi. Oxirgi 30 yil ichida ortgan qidiruv faoliyatlari natijasida turli zaxiralar topilganligini belgilab o’tgan Jansiz, 2023-yili 50 tonna ishlab chiqarishni rejalashtirayotganliklarini qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar