Matbuot sharhlari 19.03.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1166152
Matbuot sharhlari 19.03.2019

                            

 

Vatan gazetasi: “Turkiya prezidenti Erdo’g’an Troya muzeyi ochilishida ma’ruza qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Troya muzeyi Chanoqqal’ani butun insoniyat uchun takror bir joziba markaziga aylantirish yo’lidagi ulkan loyihalardan biri ekanligini ma’lum qildi.

Erdo’g’an kecha Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida tashkil etilgan Troya muzeyining ochilish marosimida ma’ruza qildi.

Troya 5000 yillik o’tmishi bilan UNESCO tomonidan 1998 yilda dunyo meros ro’yxatiga olingan eng muhim qadamjoylardan biri ekanligini ta’kidlagan Erdo’g’an 2018 yilni “Troya yili” deb e’lon qilish bilan, nafaqat mamlakat miqyosida balki, butun xorij mamlakatlar bo’ylab Troyani tanitishni ko’zda tutganligini bildirdi.

Sabah gazetasi: “Hulusi Akardan Yangi Zelandiyadagi terror hujumi haqida bayonot” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar “Yangi Zelandiyadagi terror hujumi islomga va turklarga nisbatan, qolaversa Turkiya prezidenti Erdo’g’anga nisbatan dushmanlikning qanchalik ayanchli vaziyatga kelganligini ko’rsatadi”,-dedi.

Hulusi Akar kecha Chanoqqal’a shahidlar hiyobonida “18 mart shahidlarni xotirlash va Chanoqqal’a g’alabasining 104 yilligi” munosabati bilan tashkil qilingan tadbirda ma’ruza qildi.

U ma’ruzasida juma kuni Yangi Zelandiyada sodir bo’lgan terrorchilik harakatini qoraladi. Ma’lumki, ushbu terrorchilik harakati 50 kishining hayotiga zomin bo’ldi.

Xabar turk gazetasi: “Yevroittifoq bilan bo’lgan tijoratda 6-oydayoq ko’zlangan maqsadga erishildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya yanvar oyida Yevropa Ittifoqi davlatlariga amalga oshirgan eksporti import nisbatidan 1 mlrd 797 mln evro oshib ketdi.

Yevropa statistika agentligi (Eurostat) Yevropa Ittifoqi va evro hududining yanvar oyidagi xalqaro savdo hisobotini e’lon qildi. Bunga ko’ra, o’tgan yilning yanvar oyida 7.7 mlrd evroni tashkil qilgan Turkiyaning Yevropa Ittifoqidan qabul qilib olgan importi 2019 yilning yanvar oyida 5 mlrd evroga pasaydi.

2018 yilning birinchi oyida 6.5 mlrd evro atrofida bo’lgan Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga eksporti joriy yilning yanvar oyida 6.8 mlrd evroga o’sdi.

Natijada, 2018 yilning yanvar oyida savdo kamomadi 1.2 mlrd evroni tashkil qildi.

Hurriyat gazetasi: “Istanbul aholi soni jihatidan 131 davlatni ortda qoldirdi” Turkiyaning eng gavjum shahri Istanbulda aholi soni 15 mln 67 ming 724 kishiga yetdi. Bu jihatdan Istanbul dunyodagi 131 davlatni ortda qoldirdi. Turkiya statistika tashkiloti bilan BMT aholi fondi ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilda Turkiyaning umumiy aholi soni 82 mln 3 ming 882 kishiga yetdi, buning 18.4 foizi Istanbulda istiqomat qiladi.

Belgiya, Gretsiya, Avstriya, Shveysariya va Bolgariya kabi jami 131 davlatning aholisi 5 yilda 6.4 foiz oshgan holda 15 mln 67 ming 724 kishiga yetgan Istanbuldan ortda qoldi.

Star gazetasi: “T129 Atak” Lotin Amerikaga qadam bosadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya aviatsiya va kosmos sanoati Janubiy Amerika mintaqasidagi eng yirik mudofaa sanoati yarmarkasi LAAD/Braziliya mudofaa va xavfsizlik yarmarkasida ishtirok etadi.

Ushbu yarmarka shu yilning 2-5 aprel kunlari Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida tashkil qilinadi.

“T129 Atak”  vertolyotlari yarmarka oldidan Braziliyaning ikki shahrida tajriba parvozlarini amalga oshiradi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar