Matbuot sharhlari 12.03.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1161641
Matbuot sharhlari 12.03.2019

                            

 

Star gazetasi: “Quvayt xalqi dunyodagi yetakchilar orasida eng ko’p Turkiya prezidentini yoqtiradi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Vashington Yaqin Sharq tadqiqotlari instituti tomonidan Quvaytda olib borilgan anketada prezident Erdo’g’an Quvayt xalqi tomonidan ardoqlangan eng yaxshi lider deb topildi.

Quvaytda nashr qilingan “Alqabas” gazetasi ushbu anketa natijalarini “Quvaytliklar AQSh prezidenti Donald Trampga darg’azab, Erdo’g’anni esa yaxshi ko’radilar” degan sarlavha bilan chop etdi.

Anketada quvaytliklarning 5 foizi Donald Trampni qo’llab-quvvatlagan, Erdo’g’an esa quvaytliklarning 64 foizining sevgisini qozonganligi ma’lum bo’lgan.

Sabah gazetasi: “Turkiyaning tarixi yoritilgan 6 mln kitop” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Istanbul shahridagi Rami kutubxonasida qayta ta’mirlash faoliyatlari davom etmoqda. Mazkur kutubxona Turkiyadagi eng katta kutubxonalardan biri bo’lib hisoblanadi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an aytganidek, ushbu kutubxonada 6 mln dona kitob o’rin oladi. Bunga qo’shimcha ravishda  taxminan 10 mln kitob sig’adigan yana bir ulkan kutubxona qurilishi rejalashtirilgan. Kutubxona qoshida ko’rgazmalar zali va muzey eksponatlari joylashadigan ob’yektlar qurilishi rejalanmoqda.

Shu bilan birga, kitobxonlar va tadqiqotchilar uchun kafelar, kitob do’konlari, sovg’a ashyolari xarid qilinadigan do’konlar, qo’l san’atlari mahsulotlari xarid qilinadigan do’konlar hamda ko’plab san’at ustaxonalari tashkil etiladi.

Hurriyat gazetasi: “Harmankaya shalolasi adrenalin ishqibozlarini kutmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Duzje viloyati Jumayeri tumanida tabiat shaydolarining maskaniga aylangan Harmankaya shalolasi yoniga 600 metrlik ziplayn liniyasi quriladi.

Taxminan 2 yil oldin kashf etilgan shalola Duzje shahar madaniyat va turizm boshqarmasi tomonidan atrofi ko’kalamzorlashtirildi va xozirda turizmga hissa qo’shmoqda.

Bu shalola Turkiyaning eng katta mototsikl poyda yo’llari va rafting sporti uchun mo’ljallangan Melen soyi havzasida joylashgan. Harmankaya shalolasi va uning atrofida turli tabiat sportlari faoliyatlari amalga oshirilmoqda.

Yeni shafak gazetasi: “Zeugma va Go’beklitepa tasviri taqinchoqlarda aks etadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Gaziantep viloyatidagi Xunarmandchilik instituti san’at amaliyot ustaxonalarida Zeugma antik shahri va Shanliurfa viloyatidagi tarixiy Go’beklitepaning tasvirlari aks etgan taqinchoqlar yasala boshladi.

Institutning zargarlik ustaxonasida Zeugma mozaikalari va Go’beklitepadagi toshlarning ustidagi motivlardan namunalar olingan holda tashkil qilingan taqinchoq kollektsiyasida ayollar uchun uzuklar, marjonlar va ziralar o’rin olgan.

Maxsus kollektsiyada marjonlar, ziralar, uzuklar va broshka kabi turli xil taqinchoqlarni uchratish mumkin. Kelgusida uy dekoratsiyasida ishlatiladigan turli materiallar ham ishlab chiqarilishi rejalanmoqda.

Kollektsiya asosida Turkiyaning muhim tarixiy va turistik qadriyatlarini  butun dunyoga tanitish maqsad qilinmoqda.

Xabar turk gazetasi: “Yosh qobiliyatlar sahnaga chiqmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Xalqaro yosh musiqashunoslar tanloviga e’tibor tobora ortib bormoqda.

Musiqa sohasida o’z qobiliyatiga ishongan yoshlar ushbu tanlovga bepul ishtirok etishi mumkin. Tanlovga murojaatlar shu yilning 31 mart kuni yakunlanadi. Tanlov g’oliblari 14 aprel kuni o’tkaziladigan tantanali marosimda mukofotlarini qabul qilib oladilar.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar