Matbuot sharhlari 06.03.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1157936
Matbuot sharhlari 06.03.2019

                               

 

Sabah gazetasi: “Reuters dunyoga shunday jar soldi: Turkiyada bir yangilik” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Reuters xabar agentligi Respublika tarixining eng buyuk tadbiqoti bo’lgan “Moviy vatan-2019” harbiy tadbiqotining tasvirlarini butun dunyoga namoyish qildi.

Turkiya dengiz kuchlari qo’mondonligi tomonidan o’tkazilayotgan dengiz harbiy tadbiqotida 103 nafar harbiy kema ishtirok etmoqda. Reuters xabar agentligi mazkur tadbiqotni butun dunyoga fotosuratlar bilan e’lon qildi. Tasvirlarda Turkiya qurolli kuchlarida qo’llanilayotgan mahalliy harbiy texnik jihozlar ham o’rin olgan.

 

Yeni shafak gazetasi: “Aviatsiya, kosmos va texnologiyalar festivali TEKNOFESTga murojaatlar rekord darajada” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan TEKNOFEST festivaliga bu yil qiziqish juda katta. Festival doirasida o’tkaziladigan turli tanlov va musobaqalar uchun murojaatlar soni o’tgan yilga nisbatan 3 barobarga ortish ko’rsatdi.

Festivalda ishtirok etadigan guruh soni 6774 nafarga yetdi. Festival doirasida insonlarga qulaylik yaratadigan texnologiyalar bo’yicha tanlovlar, raketa tanlovi, qiruvchi uchuvchisiz havo vositalari dronlar bo’yicha tanlov va uchar mashinalar bo’yicha tanlovlar o’tkaziladi. Ayni paytda ishtirokchi guruhlar o’zi loyihalashtirgan texnologiyalarini namoyish qilish va ularni tanitish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.

 

Star gazetasi: “Dunyoning eng yengil mina qidirish datchiklari Turkiyada ishlab chiqarildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, turk muhandislar tomonidan og’irligi 1 kg 480 gr bo’lgan mina qidirishda ishlatiladigan tadchik sensorlar ishlab chiqarildi. Butunlay mahalliy texnologiyalar bilan ishlab chiqarilgan jihozga “OZAN” deb nom berildi. Nafaqat chegara zonalarida, balki harbiy amaliyotlarda harbiy xizmatchilar uchun yengilligi jihatidan qulaylik yaratgan bu texnologiya harbiy amaliyot hududlarida xizmat qilgan harbiy xizmatchilarning ehtiyojlari diqqatga olingan holda loyihalashtirildi. Bu jihoz bomba, mina kabi portlovchilar joylashgan zonani aniqlabgina qolmay, titrash, trevoga berish, signal berish, ovozli va tasvirli ogohlantirish xususiyatiga ega.

 

Hurriyat gazetasi: “Hayotingizda mutlaqo tatib ko’rishingiz kerak bo’lgan turk shirinligi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, INSIDER xabar sayti butun dunyodagi shirinlikni yaxshi ko’ruvchi insonlar uchun shirinliklar ro’yxatini e’lon qildi. Ushbu ro’yxatga Istanbuldagi do’konlarda sotiladigan lazzatli Luqma shirinligi ham kiritilgan. Bu shirinlikning usti chitir, ichi esa yumshoq shokolad yoki mandalin sousli bo’ladi.  Shirinlikning ustiga sut, bitter shokolad, karamel, findiq, yong’oq, bodom yoki quritilgan mandalin kukuni sepib iste’mol qilishingiz mumkin. Yog’da qizartirilib, ustiga sharbat quyiladigan Luqma shirinligini tatib ko’rgan inson bundan voz kecha olmaydi.

 

Xabar turk gazetasi: “Shenol Gunesh mart oyida milliy jamoada” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, 2019 yil 1 iyunda Turkiya milliy futbol terma jamoasiga murabbiylik vazifasini egallaydigan Shenol Gunesh Turkiya milliy futbol terma jamoasini 22-25 mart kunlari bo’lib o’tadigan Yevropa chempionati saralash musobaqalariga tayyorlaydi.

Saralash musobaqalari doirasida Turkiya milliy futbol terma jamoasi Albaniya va Moldova bilan maydonga tushadi.  Tajribali murabbiy Shenol Gunesh mavsum oxirigacha Beshiktashdagi vazifasini davom ettiradi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar