Matbuot sharhlari 01.03.2019

Turkiya Pokiston bilan Hindiston o'rtasida vositachilik qiladi.

1154889
Matbuot sharhlari 01.03.2019

 

Vatan: “Pokiston-Hinditson inqirozi uchun Turkiya oraga kirdi"

Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan telefon orqali ko'rishdi. Imron Xonning talabiga ko'ra bo'lib o'tgan suhbatda, Pokiston va Hindiston o'rtasidagi taranglik kun tartibida edi. Imron Xon, harbiy taranglikning to'xtashi uchun Erdo'g'anning vositachilik qilishini istadi.

 

Xabar Turk: “Turkiyaga asosan qo'shnu davlatlardan turist tashrif etmqoda"

Turkiyaga tashrif etgan xorijlik mehmon soni yanvar oyi 5.33 % ko'payib 1 million 539 ming 496 kishi bo'ldi. Turkiyaga eng ko'p Bolgariya va Gruziyadan kelganlar birinchi o'rinda. Bolgariya 8.69 % ulush va 133 ming 806 kishi bilan birinchi o'rinda, Gruziya 7.30 ulush va 112 ming 376 kishi bilan ikkinchi o'rinda, Germaniya 6.63 ulush va 102 ming 120 kishi bilan uchinchi o'rinda joy oldi. Rossiyadan kelgan turistlar soni 34.2 % ortib 91 ming 720 kishi va 5.96 % ulushga yetdi.

 

Yeni Shafak: “Tabiiy gazning O'rtayer dengizidan Yevropaga yetkazishda Turkiya muhim ro'l o'ynamoqda"

Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) Prezidenti Donald Trumpning kiyovi va yuqori darajali maslahatchisi Jared Kushnerning Anqaraga kelishi va Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an tomonidan qabul qilinishi xalqaro matbuotda sado yaratdi. Energetika mutaxassislariga ko'ra bu ziyorat Turkiya-Isroil aloqalari jihatidan ham yangi bir davrni boshlatgan. Mutaxassislar, Misrning Isroilni chetlab Kipr Yunon boshqaruvi bilan tuzgan energetika shartnomasiga javob, Isroil tabiiy gazining Onado'lidan Yevropaga yetkazish sifatida bo'lishini tushunmoqda.

 

Star: “Eksport o'sishga davom etmoqda"

Ekport, yanvar oy o'tgan yil ayni davrlarga ko'ra 5,9 % yuksalib 13 milliard 170 million dollarga yetdi, import esa 27,2 % o'sib 15 milliard 673 million dollarga ko'tarildi. Bu davrlar tashqi tijorat kamomadi 72,5 % kamayib 9 milliard 89 million dollardan 2 million 503 million dollarga tushdi.

 

Sabah: “A Miliy Futbol Jamoasining rahbarligiga Shenol Gunesh keltirildi"

Turkiya Futbol Federatsiyasi, A Milliy Futbol Jamoasiga texnik murabbiylik vazifasida Shenon Guneshni ketirganini ma'lum qildi. Gunesh bilan tuzilgan 4 yillik shartnoma, 2019-yili 1-Iyun kunidan e'tiboran kuchga kiradi. Shenol Gunesh, A Miliy Futbol Jamoasining Janubiy Koreya va Yaponiyada uyushtirgan 2002 Dunyo Kubogida jamoaning boshida edi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar