Matbuot sharhlari 23.01.2019
Turkiyadan 2018- yilida 48 o’lkaga qilingan asal eksporti, o’tgan yilga qaraganda 7 foiz ortish bilan 25 million 505 ming 445 dollarga yetdi. Germaniya, AQSh, Saudiya Arabiston, Ispaniya va Avstriya eng ko’p eksport qilingan 5 o’lka hisoblanadi.
Yeni Shafak: “ Turk asali 48 o’lkaga eksport qilinmoqda”
Turkiyadan 2018- yilida 48 o’lkaga qilingan asal eksporti, o’tgan yilga qaraganda 7 foiz ortish bilan 25 million 505 ming 445 dollarga yetdi. Germaniya, AQSh, Saudiya Arabiston, Ispaniya va Avstriya eng ko’p eksport qilingan 5 o’lka hisoblanadi.
Hurriyat: “ To’pkabi saroyi, 2018da eng ko’p ziyorat qilingan muzey hisoblandi”
Madaniyat va turizm vazirligiga qarashli muzey va tarixiy joylarga tashrif buyurganlar soni, 2018da 28 million 144 ming 670 kishiga yetdi. Eng ko’p borib ko’rilgan muzey, 2 million 980 ming 450 kishi bilan To’pkapi Saroyi muzeyidir.
Sabah Gazetasi: "Turkiya Antarktida meteorologik tadqiqotlar olib boradi. "
Qishloq xo’jalik Vaziri Bekir Pakdemirli, 3- Milliy Antarktida ilmiy safar doirasida Antarktida meteoologik faoliyatlar olib boradi.
“ Meteorologik mavzusida dunyo bilan bellashgan bir o’lka bo’lishga qarorlimiz.” Deb qayd etdi.
Star: “ Turk toshi “Turkish Stone” markasi bilan dunyoga tanitiladi ”
Turk ma’danlaridan qazib chiqarilgan tabiiy toshlarni tanitish uchun faoliyatga o’tdi. Istanbul ma’dan eksportchilar birligi Raisi Aydin Dincher, marmarlar dunyoda Italyan toshi deb bilingan, faqat Turkiya zaxira jihatidan yana kuchli ekanini ma’lum qilib, “Marmar va qiymatli toshlarimizni “ Turkish Stone” markasi bilan dunyoga tanitamiz.” dedi. Nyu Yorkda me’morlar bilan maslahatchilik bitimi imzolaganlarini qayd etgan Dincher, bu yerda
Me’morlarning uyushtirgan tadbirlariga homiylik qilishlarini va bu ishni Yevropaga qarab kengaytiramiz deb qayd etdi.
Haber Turk: THY Istanbul aeroporti muassasalari xizmatga tushirildi”
Turk aviatsiyasi mart oyida ko’chishidan oldin, Istanbul aeroportida 42 ming 399 kvadrat metrlik o’tiradigan maydon va jami 50 ming 379 yopiq maydonga ega, 5 muassasa xizmatga ochildi. Otaturk aeroportidan Istanbul aeroportiga ko’chish jarayoni 1-3 mart orasida amalga oshiriladi.