Matbuot sharhlari 0.12.2018

Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu joriy yil 347 terror faoliyatining oldi olinganini bildirdi.

1110457
Matbuot sharhlari 0.12.2018

 

 

Vatan: “Vazir Soyli muloqotida: 'Joriy yil 347 terror faoliyatining oldin olindi"

 

Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu, joriy yil 347 terror faoliyatining oldi olinganini izohladi. Soylu, kuni kecha Anqaraning Qiziljihamam tumanidagi bir mehmonxonada o'tkazilgan "Terrorga qarshi kurash tashkiloti mudirlar yig'ilishi va tekshiruv yig'ilishi"ning ochilishida so'zlagan nutqida, "Bo'lg'inchi terror tashkilotiga qo'shilganlar kamaygandir. FETOning har tomondagi aloqa liniyalari, ByLockdan maxsus telefon dasturlarigacha bartaraf etildi. O'tgan yil jami 697 terror tashabbusining oldini olgan edik, bu yil 347 tasini" deb ifoda etdi.

 

Sabah: “Turkiya tabiiy gaz tijoratining markazi bo'ladi"

Energetika va bozorlarni muvozanatlashtirish tashkilot rahbari Mustafa Yilmaz, Turkiyaning tabiiy gaz tijorat markazi bo'lishi uchun faoliyatlarining davom etganini bildirib, "Energetika birjamiz ham xizmatga o'tdi. 3 Yevropa davlatidan (Portugaliya, Ruminiya va Bolgariya) tijorat unsuri bo'lgani uchu istiqboldan umidvormiz" dedi.

 

Star: “Turkiya mahalliy samolyotlar uchun 'milliy sertifikatsiya tizimi' vujudga keltirmoqda"

Turkiya milliy vertalyot, harbiy samolyot va uchuvchisiz havo vositalari uchun milliy sertifikatsiya tizimi o'rnatadi. Turkiya harbiy havochilik kuchi (TAHO) eskizi Milliy mudofaa vazirligiga taqdim etildi. Turkiya "mustaqil litsenziya va sertifikatsiya"ga ega bo'lmagani uchun F-35 samolyotlari uchun ishlab chiqargan qo'shimcha parchalarni AQShli Lockheed Martin markasi nomi ostida sertifikatsiyalashtirmoqda. Bu tobelik ishlab chiqarilgan parchalarning boshqa davlatlarga sotishini qiyinlashtirmoqda. Hurkush va Hurjetni ham sertifikatsiyasini oladigan TAHO bilan mudofaa eksporti ortadi.

 

Xabar Turk: "Turkiyadan Yevropaga 1,4 milliard paypoq eksport qilindi"

Turkiya, jori yilning ilk 10 oyida eksort qilgan 1,4 milliard paypoqdan 898,8 million dollar daromad topdi. Bu davrlar eng ko'p paypoq, Birlashgan Qirollik, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, va Ispaniya kabi davlatlarga sotildi. Payoq eksportidan eng ko'p daromad qo'lga kiritgan davlat, 215,3 million dollar bilan Birlashgan Qirollik bo'ldi.

 

Hurriyat: "Gilamli chorsu turistlarning rasm studiosiga aylandi"

Nevshehirning Go'reme nohiyasida restovratsiyadan o'tkazilgan va gilam do'koniga aylantirilgan 450 yillik tarixiy chorsu, turistlarning ziyoratgohiga aylandi. Devorlari va yerlar butunlay eski gilmalar bilan qoplangan chorsu, ijtimoi mediada rasm bahamlashishni istaganlarning makoniga aylandi. Turkiyada muhim turizm markazlaridan biri bo'lgan Kapadokiya hududiga borgan turistlar, ziyorat qilgan joylarida ham Onado'li naqshlari bilan bezatilgan gilmalar olmoqda ham rang barang, to'qima gilamlar orasida rasmga tushmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar