Matbuot sharhlari 01.10.2018

Bugungi ba'zi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1060171
Matbuot sharhlari 01.10.2018

Hurriyet gazetasi: Dunyoning muhim operatorlari Turkiyada bo’ladi. Türk Telekom International va Turkcell Superonline jahon telekom arenasining muhim operatorlarini Turkiyaga taklif qiladi. Telekommunikatsiya tarmog’ining muhim operatorlari 1-3 oktabr kunlari Turkiyaning Antaliya viloyatida bo’ladi. Türk Telekom International va Turkcell Superonlinening, “Xalqaro operatorlar mijoz tadbiri” da, “Turkiyani mintaqaning ma'lumotlar bazasi va aloqa markaziga aylantirish” strategiyasi asosida muhim ma’lumotlar beriladi. Sammitda dunyoning 40 dan ortiq davlatidan roppa-rsa 120 ta firma va 300 kishi ishtirok etadi.

Vatan gazetasi: Turkiyada uy-joy sotishlarida ortish kuzatildi. Turkiyada eng ishonchli investitsiya vositalaridan biri hisbolangan uy-joy sektorida oxirgi 6 yilda uzluksiz ortish kuzatildi. 2013-yilning yanvar oyidan 2018-yilning avgust oylarigacha yangi va ikkinchi qo’l uy-joylar doxil, jami 5 million 896 ming 269 ta uy sotildi. Yuqorida nomi tilga olingan davrda uy-joy sotishlari uzluksiz ortar ekan o’tgan yili 1 million 409 ming 314 ta uy sotish orqali sotish bo’yicha oxirgi 5 yilning rekordini o’rnatdi. Bu yilning yanvar-avgust oylarida esa 875 ming 64 ta uy sotildi.

Yeni Shafak gazetasi: Turk havo yo’llari tomonidan bagaj muammosini hal qilgan yangi texnologiya ishga tushmoqda. Turk havo yo’llari tomonidan bir muncha vaqt oldin taqdim etilgan texnologik kashfiyot orqali yo’lovchilar bundan buyon bittagina kartochka yordamida bagajlarini kutishdan qutiladi. RFID chiplarini bagajiga joylashtirgan yo’lovchilarga, bagajlari uni qabul qilib olish nuqtasiga kelganida, SMS orqali xabar beriladi. Shu orqali yo’lovchilar aeroportda ko’p vaqt sarflamaydi. Hozirda faqatgina “Ataturk” nomidagi xalqaro aeroportning chet eldan kelish terminalida foydalanilgan tizim Istanbulning yangi aeroportining, ham ichki va ham da tashqi terminalida faol xizmat beradi.

Satar gazetasi: Dengizda 2 milliard liralık qayiq tomoshasi namoyish etiladi. Istanbuldagi Viaport Marina portida 2-8 oktabr kunlari xalqaro “Boat Show Eurasia” yarmarkasi bo’lib o’tadi. Yarmarkada 2019-yilning eng ajoyib qayiqlari namoyish etilar ekan ularning narxining jami 4 milliard lirani tashkil etishi qayd etilmoqda. Yarmarkada namoyish etiladigan va “Gweilo” deb nomlangan qayiq esa Turkiyada ishlab chiqarilgan bo’lib uning narxi 75 million lira. Ishtirokchilarga xohlagan qayiqni sinab ko’rish imkoni bergan yarmarka, bu yil 240 millionlik savdo qilish niyatida.   

Sabah gazetasi: Sivasning “Hobbit” uylari dunyo e’tiborini o’ziga qaratmoqda. Sivas shahar hokimi tomonidan “Uzuklar hukmdori” deb nomlangan filmdagi “Hobbit” uylar asosida shahar yaqinidagi “Pashabahche” deb nomlangan dam olish parki maydoniga qurilgan uychalar chet elliklarning ham e’tiborini o’ziga qarata boshladi. Chiroyli arxitekturasi bilan e’tiborlarni o’ziga rom etgan uychalar, mehmonlarga tabiat qoynida, ajoyib dam olish imkoni bermoqda. Talablarga binoan ikkinchi loyiha orqali soni orttirilgan uylarga qiziqishlar kun o’tgan sayin ortib bormqoda. Bir oilaning har qanday ehtiyojiga javob beradigan sharoitda qurilgan uylarning soni, chet eldan kelgan talablarga binoan yana orttirilmoqchi.

 

 



Aloqador xabarlar