Matbuot sharhlari 20.09.2018

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1053415
Matbuot sharhlari 20.09.2018

 

Hurriyat gazetasi, “Strategik sheriklik investitsiya bilan mustahkamlanadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an AQSh kompaniyalarining Turkiyadagi filiali rahbarlarini prezidentlik saroyida qabul qildi.

Qabulda Erdo’g’an:“AQSh bilan bo’lgan strategik hamkorligimiz barcha muammolarga qaramay, investitsiya va savdo vositasida yanada mustahkamlanadi degan umiddaman”,-dedi.

Siyosiy mavzularni iqtisodiyotga aralashtirish to’g’ri emasligini tilga olgan Erdo’g’an:“Jasorat bilan, diplomatiya bilan qiyinchiliklarning uddasidan chiqamiz”,-dedi.

Vatan gazetasi, “Hulusi Akar ma’lum qildi: “366 terrorist yo’q qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar terrorizmga qarshi kurashning natijalari yaqqol namoyon bo’lganligini bildirdi.

Hulusi Akar Beshtepa xalq madaniyat va kongres markazida prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an ishtirokida Veteranlar kuni munosabati bilan o’tkazilgan marosimda so’zga chiqdi.

U so’zlagan nutqida, ohirgi 45 kun ichida mamlakat hududlari va chegara ortida amalga oshirilgan keng ko’lamli harbiy amaliyotlarda jami 366 terrorist yo’q qilinganligini ma’lum qildi.

Star gazetasi, “Yaponiya bilan erkin savdo shartnomasiga doir muzokaralar davom etmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafa Varank tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi tomonidan tashkil qilingan 24-Turkiya-Yaponiya tadbirkorlar kengashi mushtarak yig’ilishida so’zga chiqdi.

U so’zlagan nutqida, Turkiya bilan Yaponiya o’rtasidagi azaliy do’stlik munosabatlariga e’tibor qaratdi.

Yaponiya bilan Turkiya o’rtasida o’zaro investitsiyaga jalb qilish va himoyalash to’g’risidagi shartnomaning 1993 yilda imzolanganligini eslatgan Mustafa Varank: “Hozirda bu shartnomaning o’rnini bosadigan va investorlarga yangi haq va huquqlar beradigan erkin savdo shartnomasining muzokaralari davom etmoqda. Vazirligimiz bu shartnomaning investitsiya bo’limidan mas’ul. Maqsadimiz bu muzokaralarni eng kech 2019 yilning dastlabki yarmida tamomlash”,-dedi.

Sabah gazetasi, “Milliy gibrid lokomotiv Germaniyada namoyish qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Eskishehirda faoliyat ko’rsatgan Turkiya lokomotiv va motor sanoati (TÜLOMSAŞ) bilan Turkiya Respublikasi davlat temiryo’llari (TCDD) Transport va harbiy elektronik sanoati (ASELSAN) tomonidan ishlab chiqarilgan yangi gibrid lokomotiv Berlinda o’tkazilgan “InnoTrans” yarmarkazida namoyish qilindi.

Yeni shafak gazetasi, “TEKNOFESTda milliy harbiy samolyot surprizi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, bugun 20 sentyabr payshanba kuni Istanbul shahrida TEKNOFEST festivali o’z ishini boshladi.

Turkiya aviatsiya va koinot sanoati, koinot va texnologiyalar festivali TEKNOFESTda Turk aviatsiya va koinot sanoati o’z mahsulotlarini namoyish qiladi.

Festivalda uchuvchisiz havo vositasi “ANKA”, T625 vertolyoti, Go’kturk-2 sun’iy yo’ldoshi, jet harbiy mashg’ulot samolyoti “Hurjet”, “Hurkush” va “Atak” vertolyotlari o’rin oladi.

İshqibozlar hozirda loyihasi davom etayotgan Turkiya milliy jangovar samolyotini ham haqiqiy o’lchamida ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #sharh , #matbuot

Aloqador xabarlar