Matbuot sharhlari 03.09.2018

Qatardan Turkiyaga katta miqdorda sarmoya kiritiladi!

1042088
Matbuot sharhlari 03.09.2018

 

Vatan: “Qatardan 5 Holding Turkiyaga investitsiya kiritadi"

Qatar davlatining 15 milliard dollarlik investitsiya kiritish tashabbusidan keyin o'lkadagi xususiy sektor ham diqqatini Turkiyaga qaratdi. O'lkadagi 5 yirik holding birinchi bosqichda 300 million dollar kiritish uchun start beradi. Qatar holdingi, Essa, Nora Rashit Al Doosori, Al Sumeiti va Rashid Al Qubaysining investitsiyasini boshqargan Royal Link shirkatining Bosh mudiri Ahmet Huseyin Ahmet Hasan, Qatarda investitorlar bilan aloqali bir ofis ochilganda, xususiy sektordan Turkiyaga keladigan sarmoya miqdorining 50 milliard dollar bo'lishini izohladi.

 

Yeni Shafak: "Birjadagi avtomobil shirkatining daromadi 25 % o'sdi"

Birja Istanbulda avtomobil sektorida xizmat qilgan 8 shirkatning jami daromadi yilning ilk yarimida, oldingi yilga qaraganda 25 % o'sib 1 milliard 748,7 million Turk lirasiga borib yetdi. Avtomobil shirkatining daromadi ikkinchi choyrakda 42 milliard Turk lirasiga yaqlashar ekan, o'z manbai esa 10 milliard Turk lirasini oshdi.

 

Star: “Milliy vertalyotlar parvoz qiladigan tarix belgilandi"

Turkiyaning ilk mahalliy vertalyoti T-625, motor sinovidan o'tish uchun ilk marta parvonalari aylandi. Loyihasi va ishlab chiqarishi mahalliy imkoniyatlar bilan amalga oshirilgan vertalyotning birinchi safari esa 6-Sentyabr kuni bo'ladi. T-625 vertalyotlari, og'ir iqlim shartlari va geografiyalarda, issiq havolarda, kecha yohud kunduz, har turli shartda vazifa olib boradigan shaklda ijod etildi. Vertalyot butunlay mahalliy imkoniyatlar bilan ishlab chiqarildi. Vertalyotlarning toshuv xizmati, yuık, teshiruv va qutqaruv, havo tez yordam vositasi kabi qator sohalarda xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Sabah: “Dunyoda eng yaxshi 7 yo'l nuqtasidan biri Turkiyada"

Mug'la viloyatining Fathiya tumanidan Antaliyagacha borib yetgan 540 km. yo'l dunyoda eng yaxshi 7 uzoq masofali yurish yo'nalishidan biri bo'lgan Likya Yolu, mehmonlarga tarixiy go'zallik taqdim etmoqda. O'lik dengiz manzarasi bilan boshlagan yo'lak, tabiatdagi go'zalliklar orasida zamon tunelidan o'tgandek his ettiradi. Fahtiya bilan Antaliya o'rtasida O'lik dengizgacha borgan Teke yarim oroli, tarixda Likya nomi bilan bilinadi. Yarim orolidagi baland tog' cho'qalari, chiroyli plajlari, antik shahardan o'tgan yo'laklarga Likya Yo'li deb aytiladi

Xaber Turk: "Avgust oyi Antaliyada turist rekord o'rnatdi" 

Antalyada, avgust oyi turist ziyorati rekord o'rnatdi. O'tgan zamonda shaharni ziyorat qilgan turist soni 2 million 150 ming 448 bo'ldi. 1-Yanvar 31-Avgust tarixlari orasida ziyorat qilgan turist soni esa 30-Avgustdan e'tiboran 9 milliard 62 mingga ko'tarildi. Shaharga 2018- yili jami 14 million turistning ziyorat qilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar