Matbuot sharhlari 06.08.2018

Turkiya Yunoniston adolat vazirining qaroriga qattiq norozichilik bildirdi!

1026649
Matbuot sharhlari 06.08.2018

 

Vatan: “Turkiya tashqi ishlar vazirligi Yuynonistonga norozichilik ko'rsatdi" 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hami Aksoy, Yunoniston Adolat vaziri Stavrov Konstantinisning Turkiyada qidirilgan terroristlar ro'yxatida joy olgan Turkiya Komunist Partiyasi-Maksis-Leninist a'zosi Turgut Kayani qaytarib berishni rad etishiga norozichilik bildirdi. Aksoy, "Interpol tomonidan qidirilgan Turgut Kayaning, Yunoniston sudining qaroriga qaramasdan Yunoniston Adolat vazirining qarori bilan Turkiyaga qaytarmasligi, Yunoniston siyosatining o'lkamizga qarshi o'zgarmaganini ko'rsatmoqda" dedi.

 

Xabar Turk: "Pekjan, tijoratda yangi yo'l xaritasi belgiladi"  

Turkiya Tijorat vaziri Ruhsar Pekjan, Turkiyaning import yo'nalishining davom etishini izohladi. Pekjan, "Faol va o'lkalarga xos strategiyalar bilan yangi bozorlar topamiz. Bu doirada Xitoy, Lotin Amerika, Meksika va Afrika kabi bozorlarga kiramiz" dedi.

 

Star: “Turkiya avtomobil importi iyul oyi ortdi" 

Avtomobil sektori iyul oyi importi, o'tgan yilning ayni oyi 13,8 % o'sib 2 milliard 765 million dollar bo'ldi. Yanvar-Iyul orasida yengil avtomobil eskporti o'tgan yilning ayni davrlariga qaraganda 7 % ortib 7 milliard 662 million dollar bo'lar ekan, avtomobil qo'shimcha uskunalari ishlab chiqarish eksporti 22 %, yuk toshuv vositalari eksorti 15 %, avtobus mikro avtobus eksporti ham 6 % rivojlangani kuzatilmoqda.

 

Hurriyat: "Manshni eng tez o'tgan ilk Turk ayol"

Turk Sportchi Bengisu Avji, Angliya va Fransiyani bir biridan ajratgan Mansh dengizini eng tez suzib o'tgan Turk ayol unvoniga ega bo'ldi. Angliya qirg'og'idagi Dover shaharidan suzishga boshlagan Avji, 29 soat 11 daqiqadan keyin Fransiya qirg'og'idagi Cap Gris Nezga borib yetdi. Harorati 14 bilan 17 daraja o'zgargan suvda sportchi uzluksiz 36 soat suzdi.

 

Sabah: “Turkiyada ilk elektrikli avtobus Hajetepeda xizmatga o'tadi"

Turkiyada ishlab chiqarilgan ilk 100% zaryadli avtobus, Anqara Hajepette Universitetida abiturentlarga xizmat beradi. Atrof-muhitni muhofaza etish maqsadida ijtiro etilgan avtobus, neft o'rniga tabiiy energiya manbai bo'lgan elektrik kuchi bilan ishlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar